Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

«Liverpul» YECHLdan mosuvo bo‘lsa, jamoani nima kutmoqda?

«Liverpul» YECHLdan mosuvo bo‘lsa, jamoani nima kutmoqda?

Baho:
+ | -

«Liverpul» 7 yil ichida birinchi marta Chempionlar ligasini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu nimaga olib kelishi haqida fikr yuritamiz.

Oxirgi 6 mavsum davomida «Liverpul» doimiy ravishda APLning kuchli to‘rttaligiga kirishni uddalagan, Chempionlar ligasiga yo‘llanma olib kelgan. Chempionatning joriy mavsumida mersisaydliklarning to‘rtlikdan chetda qolish xavfi bor. Endi ular yo‘qotilgan ochkolar bo‘yicha yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Shu bilan birga, marra chizig‘idagi kurash qizg‘in bo‘lishi kutilmoqda:
Chempionlar ligasiga chiqmaslik «Liverpul» uchun jiddiy qiyinchiliklarga aylanishi mumkin. Bu birinchi navbatda klubga moliyaviy ta’sir qiladi. O‘tgan yili YECHL finaliga chiqqan «Liverpul» taxminan 122 million dollar ishlab topgan bo‘lsa, bu yil allaqachon 42 million dollarga ega va turnir yakunida yana 37 millionni televideniye huquqini tarqatish uchun oladi. Oxirgi olti yil ichida «Liverpul» Chempionlar ligasidan 700 million dollardan ko‘proq daromad oldi. Shunday qilib, Chempionlar ligasisiz o‘tadigan bir mavsum moliyaviy qiyinchiliklarni kuchaytirishi mumkinligini hisoblash oson.

«Liverpul» bankrot bo‘lmasligi aniq, unga klub savdosini tashkil qilish kerak bo‘lmaydi. Biroq, mersisaydliklar sovrinlar uchun kurashaman desa, transferlar oynasida faol bo‘lishi kerak. Masalan, jamoa yozgi transferda 130 million dollardan ko‘proqqa tushadigan Jud Bellingemni qo‘lga kiritishni orzu qilmoqda. Biroq, iqtisodiy rejimda bunday xaridni amalga oshirish juda muammoli bo‘ladi. Albatta, «Liverpul»da yetarlicha mablag‘ bo‘lishini inkor etmaslik kerak. Biroq, savol Bellingem Chempionlar ligasisiz jamoaga o‘tishga tayyormi yoki yo‘qmi? Matbuot xabarlariga ko‘ra, endi «Real» va «Manchester Siti» Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi uchun yanada jozibadorroq variantlarga o‘xshaydi.

Shu bilan birga, «Liverpul» jiddiy natijalarga erishish uchun jamoani tubdan qayta qurishga muhtoj. Mersisaydliklar o‘rta chiziqni tubdan yangilashlari kerak. Jeyms Milner, Aleks Oksleyd-CHemberlen va Nebi Keytaning shartnomalari tugamoqda (uni uzaytirish pul talab qiladi, unutmaylik), Jordan Xenderson, Fabinyo, Tiago Alkantara, Kertis Jons, Xarvi Elliot va Fabio Karvalyuga kamdan kam hollarda asosiy tarkibdan joy beriladi. Albatta, bu ularning hammasi ketadi, degani emas. Biroq, «Liverpul» kamida ikkita yangi yarim himoyachi sotib olishi kerak.

Yangi transferlar bilan ham muammolar bir xil bo‘lsa kerak. «Liverpul»ga kerak bo‘lgan futbolchilar katta pulga arziydi va ular Chempionlar ligasida o‘ynashdan manfaatdor. Potensial xaridlar orasida «Vest Xem»dan Deklan Rays, «Brayton»dan Moyzes Kaysedo va Aleksis Mak Allister, «Chelsi»dan Meyson Maunt, «Inter»dan Nikolo Barella bor. Ularning har biri 100 million yevro atrofida turadi. Shu bilan birga, ularning har biri Chempionlar ligasida o‘ynaydigan klubga o‘tishni afzal ko‘radi. 

«Liverpul»ga kelasi mavsumda Chempionlar ligasiga yo‘l olish uchun yaxshi futbolchilar kerakligini tushunish kerak. Agar shu yozda mersisaydliklar kuchsiz futbolchilar bilan shartnoma imzolashsa, muammolar yanada kuchayadi.

Alohida masala - Yurgen Kloppning kelajagi. Unga imkon berish kerakmi? Kloppning o‘zi yomon mavsumdan keyin ketishni xohlaydimi? Agar u qolsa, «Liverpul»ni avvalgi darajaga qaytara oladimi? Klubda muhokama qilinadigan savollar ko‘p. Shu bilan birga, nemisning uzoq muddatli shartnomasi bekor qilinganda jiddiy jarima nazarda tutiladi, bu ham moliyaviy zarba bo‘lishi mumkin.

Shuni unutmangki, ayni paytda Fenway Sports Group «Liverpul»ni sotish variantini ko‘rib chiqdi. Chempionlar ligasi daromadi bo‘lmagan taqdirda o‘yinchilar bilan xarajat ko‘pga tushishi mumkin.

«Liverpul» uchun hozir eng yomoni, Chempionlar ligasini o‘tkazib yuborganligi sababli jamoa kuchsizlanib qolganligida. Esingizda bo‘lsa, «Arsenal»ga hozirgi holatiga erishish uchun vaqt, murabbiyga ishonch va muvaffaqiyatli transfer siyosati kerak edi. «Manchester Yunayted» so‘nggi yillarda tinmay top to‘rtlik ostonasida qolib ketdi, biroq uzoq vaqt davomida chempionlik yoki Chempionlar ligasida g‘alaba uchun da’vogardek ko‘rinmadi. Shu sababli, mersisaydliklar endi kuchlilar to‘rtligiga qaytish uchun hamma narsani qilishlari kerak.

Kiritildi: 05:53, 31.03.2023.
O'qildi: 3287 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.