Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Keyn oldida turli variantlar paydo bo‘la boshladi, Xarrining esa boshi qotgan

Keyn oldida turli variantlar paydo bo‘la boshladi, Xarrining esa boshi qotgan

Baho:
+ | -

Bizni bu yozda Harri Keyn ishtirokidagi yangi transfer dostoni kutayotganga o‘xshaydi. Angliya terma jamoasi sardori faoliyatidagi so‘nggi yirik shartnomani imzolashga hozirlik ko‘rmoqda. 

Xarri Keyn iyul oyida 30 yoshga to‘ladi. Hujumchining «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. Mana shu ikki faktdan xulosa qilish qiyin emaski, yaqin orada hujumchi yangi shartnoma imzolaydi va faoliyatidagi so‘nggi «katta» yurishni amalga oshiradi. Sport tibbiyotining barcha mo‘’jizalariga qaramay, 3 yildan keyin Keynning hozirgidek formada qolishini tasavvur qilish qiyin. Keynning oldida bir nechta variantlar bor. Uning tanlovida «Tottenxem»da qolish yoki ketish muhim o‘rin tutadi. Keyn «shporlar» tarbiyalanuvchisi va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Umuman olganda, u allaqachon London jamoasining tirik afsonasiga aylangan. Keyn uch marta Premyer-liganing eng yaxshi to‘purari, ikki marta eng yaxshi ingliz futbolchisi bo‘lgan. Biroq, u hali bitta ham unvonga ega emas va bu mavsum oxirida o‘zgarmaydi.

Muxlislar orasida klubga sodiq bo‘lish ajoyib. Shunga qaramay, har qanday professional hech bo‘lmaganda biror narsa yutib olishni xohlaydi. «Tottenxem»ning yaqin kelajakda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlari qanday? Ayni dam yangi mavsumda «shporlar»ni kim boshqarishi ham aniq emas. Buning ustiga londonliklar sport direktori Fabio Paratichi FIFA tomonidan chetlatildi, bu esa yaqin kelajakka ishonchni oshirmaydi. Angliyadagi kuchli raqobatni hisobga olsak, bu yerda har qanday kechikilgan qaror o‘limga o‘xshaydi.

Keyn «Manchester Yunayted»da qolishi mumkin. «Qizil iblislar» uchun Angliya terma jamoasi sardori yozgi transfer oynasining asosiy maqsadiga o‘xshaydi. «Manchester Yunayted» ajoyib markaz hujumchisiga juda muhtoj va Keyn bu yerga mos keladigan futbolchiga o‘xshaydi. Ayniqsa, hozir «qizil iblislar» uslubi jihatidan «Tottenxem» sardoriga biroz o‘xshash Vout Vegxorst bilan o‘ynashmoqda.

Keyn uchun «Manchester Yunayted» variantining ijobiy va salbiy tomonlari bor. Bir tomondan u odatdagi Angliyada qoladi. Boshqa tomondan, bu «Tottenxem» muxlislariga yoqmaydi, bu katta rol o‘ynashi mumkin. «Manchester Yunayted»ning raqobatbardosh Angliyada o‘zi nimadir yuta oladimi yoki yo‘qmi degan bir qator shubhalar bor, birinchi navbatda, gap chempionlik unvoni haqida ketmoqda. Keyn, albatta, eng jiddiy sovrinlarni orzu qiladi. Qolaversa, «Tottenxem» ham muammoga aylanishi mumkin. «Shporlar» rahbariyati o‘z yulduzini boshqa ingliz klubiga qo‘yib yuborishni istamayapti. Keynning shartnomasi yana bir yilga amal qilishini inobatga olsak, «Tottenxem» hujumchini shunchaki kuch bilan saqlab qolishi mumkin. Bir necha yil oldin, londonliklar aynan shunday qilishgandi, qachonki «Manchester Siti» hujumchini astoydil xohlagan paytda. Hatto Keynning mashg‘ulotlardan bosh tortishi ham bunga yordam bermadi va hujumchi poytaxtda qolishga majbur bo‘ldi.

Angliyada «Manchester Yunayted»dan tashqari Keyn uchun yaqqol da’vogarlar yo‘q. «Manchester Siti» hujumchi bilan bog‘liq muammoni hal qildi, «Liverpul» tez orada hujum guruhidagi futbolchilarni muvaffaqiyatli tuza oladi, «Arsenal»ga o‘tishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Agar xorij klublariga nazar tashlasangiz, ular orasida «Bavariya» asosiy da’vogar sanaladi. Myunxenliklar bir yil oldin Keynni Robert Levandovskiga o‘rinbosar deb hisoblagan, ammo o‘shanda angliyalik juda qimmatga baholangan edi. Bu yozda, shartnoma tugashiga bir yil qolganda, forvardning narxi ancha past bo‘lishi aniq. Shu bilan birga, Myunxenning yangi bosh murabbiyi Tomas Tuxel ham Keynni xohlamoqda. Germaniyaga ko‘chib o‘tish Keyn uchun kafolatlangan chempionlik unvonidir. Shu bilan birga, «Bavariya» Chempionlar ligasida g‘oliblikka da’vogar hisoblanadi. Biroq, Germaniyaga ko‘chib o‘tish mamlakatning o‘zgarishi bilan bog‘liq, maosh esa Angliyadagidan kamroq bo‘ladi va Bundesliga pastroq darajada ekanligini ham hisobga olish kerak.

Keynni yana qayerda ko‘rish mumkin? Nazariy jihatdan «Real»ni unga da’vogar sifatida tasavvur qilishingiz mumkin. Karim Benzema ancha keskin taslim bo‘lgandek, qo‘shimcha hujumchi Madridga zarar keltirmaydi. Biroq, «qaymoqranglilar» yozda asosiy e’tiborni Jud Bellingem bilan shartnoma imzolashga qaratgangan, bu esa birinchi navbatda jiddiy xarajatlarni talab qiladi. Shuningdek, madridliklar Mbappe va Xoland haqida o‘ylashmoqda, shuning uchun Keyn birinchi o‘ringa chiqmaydi.

Umuman olganda, Keynni tanlash qiyin bo‘ladi. Shu bilan birga, yana bir variant bor - yozda hech narsaga imzo chekmaslik. U «Tottenxem» bilan shartnomani bajarishda davom etishi kerak va 2024 yilning yozida erkin agent maqomida qayerga xohlasa, borishi mumkin. Qolaversa, futbolda bir yil ichida ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin.

Kiritildi: 06:31, 31.03.2023.
O'qildi: 7790 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.