Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Xavi ham Messining qaytishi haqidagi savolga javob berdi

Xavi ham Messining qaytishi haqidagi savolga javob berdi

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi yana bir bor Lionel Messining jamoaga qaytishi mumkinligi haqida savolga javob berdi.

Avvalroq, kataloniyaliklar vise-prezidenti Rafa Yuste klubni 2021 yilda tark etgan Messi bilan aloqalar borligini tasdiqlagandi.

“Hozir bu haqda gapirishning vaqti emas. Biz nima bo‘layotganiga diqqatimizni qaratishimiz va mumkin bo‘lgan imzolar haqida o‘ylamasligimiz kerak. Agar Messi qaytgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib men xursand bo‘lardim, lekin hozir buning vaqti emas”, dedi Xavi jurnalistlarga.

Lionel Messining "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning 30 iyunida yakuniga yetadi.

“Barselona” Ispaniya chempionatining navbatdagi uchrashuvini 1 aprel, shanba kuni o‘tkazadi. Xavi shogirdlari “Elche” mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 17:09, 31.03.2023.
O'qildi: 2206 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик