Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Napoli" "Milan"ga qarshi o‘yin oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi

"Napoli" "Milan"ga qarshi o‘yin oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi

Baho:
+ | -

"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen Italiya chempionatining yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Milan"ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Klub matbuot xizmati Osimxenning chap qo‘shimcha mushaklaridan jarohat olgani haqida xabar berdi. 24 yoshli nigeriyalik futbolchining ahvoli keyingi haftada qayta baholanadi.

Osimxen joriy Italiya chempionatining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Nigeriyalik hujumchi 23 ta o‘yinda 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Italiya chempionati doirasidagi “Napoli” – “Milan” uchrashuvi kelasi yakshanba, 2 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Ayni damda neapolliklar A seriyada ikkinchi “Lasio”dan 19 ochkoga ildamlab ketib, ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda. "Napoli" 1990 yildan beri ilk bor Italiya chempioni bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 17:50, 31.03.2023.
O'qildi: 1277 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик