Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

"Bavariya" murabbiyi sevgilisi uchun ishdan bo‘shatildi, Messi Ronalduni maosh borasida ortda qoldirishi mumkin va Mbappe Ispaniyada o‘ynamoqchi - haftaning asosiy xabarlari

"Bavariya" murabbiyi sevgilisi uchun ishdan bo‘shatildi, Messi Ronalduni maosh borasida ortda qoldirishi mumkin va Mbappe Ispaniyada o‘ynamoqchi - haftaning asosiy xabarlari

Baho:
+ | -

Haftaning eng mashhur xabarlarida Yulian Nagelsmann nima uchun "Bavariya"dan haydalganini, Lionel Messi Krishtianu Ronalduni maosh olish borasida ortda qoldirishi mumkinligini va Kilian Mbappe qayerda o‘ynashni tanlaganini bilib olasiz.

"Bavariya" murabbiyi sevgilisi uchun ishdan bo‘shatildi

Yaqinda "Bavariya" Yulian Nagelsmanni bosh murabbiy lavozimidan bo‘shatishga qaror qildi. Klub buni jamoaning rivojlanmagani bilan izohladi, ammo matbuotda boshqa ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Masalan, "Bavariya" rahbarlari bor e’tiborini mavsumning yakuniy qismiga qaratishlari kerak bo‘lgan bir paytda Nagelsmanning tog‘-chang‘i kurortiga qilgan sayohatini yoqtirmagani xabar qilingandi. Nagelsmanning ishdan bo‘shatilishiga uning qiz do‘sti Lena ta’sir qilgani haqida ham mish-mishlar tarqaldi.

Messi pul topishda Ronalduni ortda qoldirishi mumkin

Lionel Messining kelajagi haqidagi mish-mishlar avjida va juda boshqacha tus olmoqda. Agar siz OAV kuzatib borsangiz, kun davomida argentinalik futbolchi "PSJ" bilan yangi shartnomaga rozi bo‘lishi, "Barselona"ga qaytishga qaror qilishi va keyin MLS yoki Saudiya Arabistonidan ekzotik takliflar olgani haqida xabarlarni o‘qishingiz mumkin.

Hafta davomida matbuotda Messi MLSga o‘tayotganda liganing barcha klublaridan maosh olishi haqida ma’lumot tarqaldi. Aytilishicha, klublar yig‘ilishlarning birida bunga ruxsat berishgan. G‘oya shundan iboratki, Lionelga hamma pul to‘laydi, chunki liganing moliyaviy qoidalariga ko‘ra, hech bir klub o‘zi futbolchini tortib ololmaydi. Bunda argentinalikning o‘zi jamoa tanlaydi.

Shuningdek, kecha OAV Messiga “Al-Hilol”dan taklif borligi haqida yozishgandi. Bu moliyaviy tomondan juda foydali - Saudiya klubi Leoga "An-Nasr" Ronalduga to‘laganidan ko‘ra ko‘proq to‘lashga tayyor. Messi va Krishtianuni yana bir ligada ko‘rish qiziq bo‘lardi.

Zidan "Real Madrid"ga shart qo‘ydi

Zinedin Zidanning "Real Madrid"ga uchinchi marotaba qaytishi haqida gaplar davom etmoqda. Fransiyalik futbolchi Karlo Anchelotti ishdan bo‘shatilgan taqdirda Madrid klubi uchun birinchi tanlov bo‘lishi aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Zidan allaqachon "qaymoqranglilar" uchun bir nechta shartlarni qo‘ygan. Xullas, fransuz o‘z murabbiylar shtabiga jismoniy tarbiya mutaxassisi Gregori Dyupon kirishini istamoqda. Zinedin shuningdek Eden Azarni jamoada olib qolishni va "Lion"dan Rayan Sherkini sotib olishni talab qilmoqda.

Rangnik Ronalduni sardor qilishdan bosh tortdi

Krishtianu Ronaldu o‘tgan yilning kuzida "Manchester Yunayted"ni tark etgan edi, biroq portugaliyalik futbolchining "Old Trafford"da qolishi haqidagi mish-mishlar ba’zida matbuotda porlashda davom etmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda Ronaldu "qizil iblislar"ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Ralf Rangnikdan sardorlik bog‘ichini so‘ragan. Nemis buni rad etdi va Xarri Maguayrni sardor sifatida qoldirdi, bu esa Krishtianuni xafa qildi.

Mbappe Ispaniyada o‘ynaydi

"Real"ga nafaqat Zidan, balki Kilian Mbappe ham kelishi mumkin. Mish-mishlarga ko‘ra, fransiyalik yulduz hujumchi allaqachon Madrid klubini "Santyago Bernabeu"ga kelishga tayyorligi haqida ma’lum qilgan. Endi masala vaqt masalasidir. "Real Madrid" uchun Mbappeni kelasi yozda transfer qilish qiyin bo‘ladi, chunki "PSJ" hujumchini saqlab qolish va uning atrofida jamoa tuzishga qaror qilgan. Ehtimol, "qaymoqli" yana bir yil kutishga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 21:19, 31.03.2023.
O'qildi: 8486 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.