Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

"Chelsi" yozda sotishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa. Ular ichida "MYU" va "Manchester Siti" nishonlari ham mavjud

"Chelsi" yozda sotishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa. Ular ichida "MYU" va "Manchester Siti" nishonlari ham mavjud

Baho:
+ | -

Kelayotgan yozda "Chelsi" futbol klubi butun boshli bir tarkib o‘yinchilarini sotib yuborishga majbur qilinishi mumkin. "Aristokratlar" o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, 121 million funt zarar ko‘rgandi. So‘nggi ikki mavsumni qo‘shib hisoblaganimizda esa bu miqdor 274 millionga yetadi. Agarda bunga joriy mavsumdagi transferlarda ishlatilgan 545 million funtni ham qo‘shsak, rahbariyatga katta bosim yuklanishi ayon bo‘ladi. Agarda "Chelsi" moliyaviy harakatlarini muvozanatga keltirib olmasa, u holda Todd Byoli moliyaviy feyr pley sanksiyalariga duchor bo‘ladi. Bundan qochishning imkoni bor, albatta. Buning uchun "Chelsi"ning APL uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan 36 talik tarkibidagi ayrim futbolchilarni sotish kerak. Quyida "Chelsi"ning yozda jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa bilan tanishasiz.

Darvozabon: Eduar Mendi

Senegal terma jamoasi a’zosi bundan bir-ikki mavsum ilgari dunyoning eng kuchli darvozaboni sifatida qaralayotgan edi. Ammo hozir hammasi o‘zgardi. Kepa yana o‘z joyiga qaytdi. Bu esa Mendini jamoadan ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Darvozabon yozda "Bavariya" safiga yo‘l olishi aytilgan.

O‘ng qanot himoya: Loftus-CHik

Aslida Ruben qanot himoyachisi emas. Ammo u avvalari aynan shu pozisiyada harakat qilardi. Loftus-CHik akademiyadan chiqqan. Shu sababli uning har qanday narxda sotilishi, jamoaga faqatgina foyda olib keladi.

Chap qanot himoya: Ben Chilvell

Ben Angliyadagi eng yaxshi futbolchilardan biri sanaladi. U Angliya terma jamoasida buni ko‘rsatib qo‘ya oldi. Ammo Grem Potter ixtiyorida Chilvell o‘rnida Mark Kukurelya varianti mavjud. Bu narsa "Chelsi"ga o‘z futbolchisini sotish imkonini beradi. Chilvellga "Manchester Siti" qiziqish bildirgan.

Markaziy himoya: Trevo Chaloba

Loftus Chik singari Chaloba ham klub akademiyasida tarbiyalangan. Uning sotuvidan tushgan pul jamoaga oz bo‘lsa ham yordam berishi mumkin. Yosh himoyachiga "Roma" va "Inter" qiziqish bildirgan.

Markaziy himoya: Kalidu Kulibali

Kulibali o‘tgan mavsumdagina jamoaga kelgandi. Ammo futbolchi o‘z sport formasini doimiy saqlab qola olgani yo‘q. Kulibali Londonda haftasiga 295 ming funt maosh oladi. Ammo asosiy tarkibda Vesli Fofana va Benoit Badiashilidan keyingi o‘ringa tushib qoldi.

Yarim himoyachi: Konor Gallaxer

"Chelsi" tarbiyalanuvchisi va Angliya termasi vakili sotuvidan yaxshigina pul ishlab olish mumkin. Gallaxer APLda nimalarga qodir ekanini ko‘rsata olgandi. "Everton" 23 yoshli futbolchi uchun 45 million funt to‘lash niyatini bildirgan. "Chelsi" esa Gallaxerga bundan buyon asosiy tarkibdan joy berishi ancha qiyin masala.

Yarim himoya: Mateo Kovachich

Yana bir futbolchi yozda jamoadan ketadi. Kovachich o‘sha yulduzdir. Uning amaldagi bitimi 2024 yilga qadar tuzilgan. Tajribali xorvat Pep Gvardiola jamoasiga yo‘l olishi mumkin. "Manchester Siti" yarim himoyasini unga istagancha joy topiladi.

Yarim himoya: Meyson Maunt

Narx jihatidan Maunt "Chelsi"dagi Enso va Jeymsdan keyingi uchinchi eng qimmat futbolchi sanaladi. 24 yoshli ingliz futbolchisi 2024 yilga qadar londonlikar sharafini himoya qilishi belgilangan. Maunt uchun "Liverpul" va "MYU" yirik da’vogarlar sanaladi.

O‘ng qanot hujum: Kallum Xadson-Odoi

Xadson-Odoi ko‘pchilik tomonidan katta yulduzga aylanishi taxmin qilingandi. Ammo ko‘plab sabablarga ko‘ra bunday bo‘lmadi. Ayni damda Kallum "Bayer Leverkuzen" safida harakat qilmoqda. Yozda hujumchi o‘ziga yangi jamoa topishi kerak.

Chap qanot hujum: Kristian Pulishich

Amerikalik hujumchi o‘zidan kutilgan umidlarni oqlamadi. Pulishich ham 2024 yilda erkin agentga aylanadi. Shu sababdan undan kelayotgan yozning o‘zidayoq qutulish kerak. Futbolchining oldida o‘z yurti mezbonlik qiladigan Jahon chempionati turibdi. Shu sababdan unga doimiy o‘yin vaqti zarur. Shuningdek, bu pozisiyada Xakim Ziyesh ham mos tushadi.

Hujumchi: Romelu Lukaku

Belgiya terma jamoasi a’zosining 97 millionlik xaridi omadsiz kechdi. U joriy mavsumda yana "Inter"ga qaytarib yuborildi. Albatta, ijara asosida. Lukaku sotilishi aniq, ammo ancha arzon narxga. Hatto, uning jamoani tekin tark etishi ham "Chelsi"ga yengillik beradi. Negaki, hujumchi haftasiga 325 ming funt maosh oladi.

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:30, 01.04.2023.
O'qildi: 5410 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.