Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

O‘zPFL lisenziyalash jarayonini yangi bosqichga olib chiqdi

O‘zPFL lisenziyalash jarayonini yangi bosqichga olib chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

OFK nazorati ostida o‘tkaziladigan klublarni lisenziyalash jarayoni o‘zining hal qiluvchi bosqichiga kirdi.

Bilasizki, futbol klubi 5 ta mezon bo‘yicha zarur hujjatlarni AFC CLAS platformasiga yuklaydi. Osiyo klublari musobaqalari kuz-bahorga o‘zgargach, lisenziyalash muddatlari ham tabiiy ravishda o‘zgardi. Klublarimiz yanvar, fevral va mart oylarida sport, infratuzilma, ishchi-xodim, huquqiy mezon bo‘yicha hujjatlar to‘plamini taqdim etdi. Oldinda faqat moliyaviy mezon sifatida auditorlik hisobotlari va buxgalterlik hujjatlarini topshirish qolmoqda.

Liga sa’y-harakatlari evaziga bu yil qator ko‘rsatkichlarga erishildi. Jumladan:

— O‘zbekistonning 25 ta klubi OFK lisenziyalash jarayonida ishtirok etmoqda, bu biz uchun rekord ko‘rsatkich;

— faqatgina Yaponiya va O‘zbekiston uchta divizion klublarini lisenziyalashga jalb qilgan.

2020 yil Liga ilk marta Pro liga qatnashchilarini lisenziyalash jarayoniga qo‘shgandi, bu yildan boshlab ilk bora Birinchi liga klublari ham unda ishtirok etadi: «Do‘stlik Toshkent», «Yangiyer», «Zomin».

Uzoq yillar davomida o‘zbek klublari uchun jiddiy muammo bo‘lib kelgan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylar diplomi masalasida yaxshi o‘zgarishlar bor. Liga 2020 yildan boshlab muntazam ravishda Fitness murabbiylik o‘quv kurslari tashkil etishga chaqirib keldi va 2022 yilda o‘zbekistonlik jismoniy tayyorgarlik murabbiylari uchun AFC Fitness Level o‘quv kurslari tashkil qilindi. Endi aksar klublarimizda tegishli mutaxassislik lisenziyalari mavjud murabbiylar bor.

Ma’lumot uchun, iyun oyi so‘ngida OFK lisenziyasiga ega chiqqan klublar nomi rasman ma’lum bo‘ladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:15, 01.04.2023.
O'qildi: 1419 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик