Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Klopp va Gvardiolaning sarf-xarajatlarini solishtiramiz: Angliyada kim qancha sarflagan?

Klopp va Gvardiolaning sarf-xarajatlarini solishtiramiz: Angliyada kim qancha sarflagan?

Baho:
+ | -

"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp va "Manchester Siti" menejeri Pep Gvardiola APLdagi eng yaxshi murabbiylar sanaladi. Ular dunyodagi eng yaxshi ikkita jamoani bunyod etdi. Ushbu klublar doimiy ravishda Angliyadagi sovrinlar uchun da’vogarlik qilib keladi. Shuningdek, "shaharliklar" va mersisaydliklar yo‘lboshchilari YECHL bosh sovrinini yutish borasida tajribaga ega.

Katta maqsadlar qo‘yish va ularga erishish, tarkibni kuchli qilishni talab etadi. Aynan kuchli futbolchilar bilan har ikki jamoa katta yutuqlarga erishib kelgan. Mana masalan, Gvardiola Manchesterga kelganidan beri katta pul sarflashdan qo‘rqmadi. Buni uning o‘zi ham ta’kidlaydi: "Bizda katta yulduzlarni sotib olish uchun katta pul mavjud. Albatta, yaxshi jamoa uchun faqatgina buning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Avvalo, sizda kuchli rahbariyat, yaxshi darajaga ega hodimlar, yordamchi murabbiylar va albatta maydonda har narsaga qodir futbolchilar bo‘lishi kerak. Siz o‘rtamiyona futbolchilar bilan faqat bir marta g‘alaba qozonishingiz mumkin. Ammo ko‘plab o‘yinlarni yutib, titullarga ega chiqish uchun sizga top-futbolchilar zarur. Top-futbolchilar esa arzon turmaydi".

Yurgen Klopp ham doimo pul masalasi juda muhim ekanini aytadi. Ammo sotib olish uchun sotish ham kerakligini unutmaslik kerakligini ta’kidlaydi: "Men ishlayotgan jamoa boy. Ammo bu yerda rejalar bor. Biz sotuvdan to‘plagan pulimizga xaridlarni amalga oshiramiz. Biz uchun pul osmondan tushmaydi: ko‘proq jamg‘arsak, ko‘proq sarflaymiz, kamroq jamg‘arsak - kamroq. Biz sotib olayotgan futbolchilar, maydonda oxir-oqibat kerakli bo‘lib chiqishi lozim. Aks holda, rejalarimiz amalga oshmaydi".

Quyida har ikki murabbiy tomonidan Angliyadagi faoliyati davomida sarflangan va jamg‘arilgan pullar miqdori havola etiladi. Demak, boshladik!

Yurgen Klopp "Liverpul"da:

Besh yirik xarid
1. Virjil van Deyk – 76.2 million funt
2. Darvin Nunyes – 67.5 million funt
3. Alisson– 56.3 million funt
4. Nabi Keyta – 54 million funt
5. Fabinyo – 40.5 million funt

Besh yirik sotuv
1. Filippe Koutinyo – 121.5 million funt
2. Sadio Mane – 28.8 million funt
3. Kristian Benteke – 28.1 million funt
4. Mamadu Sako – 25.4 milliob funt
5. Denni Ingz – 22.6 million funt

Umumiy xarajat: 556.78 million
Umumiy sotuv: 433.45 million
Sof sarf: 123.33 million funt

Pep Gvardiola "Manchester Siti"da:

Besh yirik xarid
1. Jek Grilish – 105.8 million funt
2. Ruben Diash – 61.2 million funt
3. Riyad Maxrez – 61 million funt
4. Joau Kanselu – 58.5 million funt
5. Aymerik Lyaport – 58.5 million funt

Besh yirik sotuv
1. Leroy Sane – 54 million funt
2. Raxim Sterling – 50.9 million funt
3. Ferran Torres – 49.5 million funt
4. Gabriel Jezus – 47 million funt
5. Danilo – 33.3 million funt

Umumiy xarajat: 1.06 milliard funt
Umumiy sotuv: 514 million funt
Sof sarf: 545.9 million funt

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 22:48, 01.04.2023.
O'qildi: 1875 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.