Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Chempionlar ligasi kerakmi? Xorvatiyalik futbolchi bilan shartnoma imzola

Chempionlar ligasi kerakmi? Xorvatiyalik futbolchi bilan shartnoma imzola

Baho:
+ | -

Oxirgi ikki jahon chempionatida kumush va bronza medallari Xorvatiya terma jamoasining xalqaro maydondagi mavqeini sezilarli darajada oshirdi. 21-asrda mamlakatda ko‘plab futbol yulduzlari yetishib chiqdi, shuning uchun top-klublarda xorvatiyalik futbolchilar tobora ko‘proq ko‘rinayotgan bo‘lsa ajab emas.

2013 yildan buyon har yili kamida bitta xorvatiyalik futbolchi Chempionlar ligasida g‘olib chiqib kelmoqda. O‘n yil oldin zanjirni Mario Manjukich "Bavariya" bilan birgalikda "Uembli"da Dortmundni (2:1) mag‘lubiyatga uchratib boshlab bergan edi.

Shundan so‘ng:

Luka Modrich (2014 - Real)
Ivan Rakitich (2015 - Barselona) Luka Modrich va Mateo Kovachich (2016 - Real)
Luka Modrich va Mateo Kovachich (2017 - Real)
Luka Modrich va Mateo Kovachich (2018 - Real)
Deyan Lovren (2019 - Liverpul)
Ivan Perishich (2020 - Bavariya)
Mateo Kovachich (2021 - Chelsi)
Luka Modrich (2022 - Real) kabi xorvatiyalik futbolchilar "shalpangquloq kubok"ni qo‘lga kiritishdi.

Katta ehtimol bu mavsumda ham bu an’ana davom etadi, chunki chorak finalga chiqqan 8 jamoadan 6 tasining qaydnomasida xorvatiyalik bor.

• Real Madrid - Modrich

• Chelsi – Kovachich

• Inter - Brozovich

• Benfika - Musa

• Bavariya – Stanishich

• Milan – Rebich

Yo an’ana davom etadi yoki "Manchester Siti" yoki "Napoli" turnirda g‘alaba qozonadi. Ma’lumot o‘rnida, ikkala jamoa ham tarixi davomida Chempionlar Ligasida g‘olib chiqmagan.

Kiritildi: 15:09, 02.04.2023.
O'qildi: 2297 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик