Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

"Arsenal"ning 2022-23 yilgi natijalarini "Engilmaslar"(2003-04) mavsumiga taqqoslaymiz!

"Arsenal"ning 2022-23 yilgi natijalarini "Engilmaslar"(2003-04) mavsumiga taqqoslaymiz!

Baho:
+ | -

"Arsenal" bu mavsumda o‘ziga xos natija qayd etmoqda. Bir paytlar butun bir mavsumni mag‘lubiyatlarsiz tugatgan jamoa, joriy yilda ham muvaffaqiyatli qadamlar tashlamoqda. Aytish mumkinki, "Arsenal"ning ayni damdagi darajasi, o‘sha, "Engilmaslar"dan kam joyi yo‘q. 2003-2004 yilgi mavsumda Arsen Venger shogirdlari 29 ta turdan keyin 73 ochko to‘plagan edi. O‘sha jamoa 38 ta turning chorak qismida durang qayd etib, qolganida g‘alaba qozongan. Eski "Arsenal" mart o‘rtasida Sem Ellerdays boshchiligidagi "Vest Brom"ni qiyinchilik bilan mag‘lub etib, yetakchilikni saqlab qoladi.

Masalan, bu mavsumda Mikel Arteta shogirdlari o‘sha afsonaviy jamoadan atigi bir ochko kam to‘plagan xolos. To‘g‘ri, hozirgi "Arsenal" allaqachon uch marta, "MYU", "Manchester Siti" va "Everton"ga mag‘lub bo‘ldi. Ammo, shu bilan birgalikda bunisi, Venger jamoasiga qaraganda kamroq durang qayd etdi va mavsumning ayni qismiga qadar ulardan ko‘proq bahsni o‘z foydasiga hal qila oldi. Yana bir statistika bor: "Arsenal"ning hozirgi tarkibi, Tyerri Anri va sheriklari 29 turdan keyin qayd etgan gollardan ko‘ra 13 ta ko‘p gol urdi. Biroq, o‘tkazib yuborilgan gollar soni 8 taga ko‘proq.

2003-04 yilgi mavsumning bahorida "Arsenal" to‘qqizta g‘alabali seriyani qayd etadi. Bu tarafdan Arteta jamoasi o‘z o‘tmishdoshlariga juda ham o‘xshab ketadi. Kechagi "Lids"ga qarshi bahs jamoaning ketma-ket yettinchi g‘alabasi bo‘ldi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, hozirgi "Arsenal"da Venger jamoasi mag‘lubiyatsiz mavsumda qayd etgan 90 ochko va 68.4 foizlik g‘alaba ko‘rsatkichini yangilash imkoni bor. Afsuski, bu chempionlik uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Negaki, "Arsenal"ning ayni damdagi ta’qibchisi "Manchester Siti", o‘tgan oxirgi 5 ta mavsumning 4 tasida 90 ochkodan ko‘p to‘plagan va ularning har birida chempionlikka erishgan. Hozir ham "shaharliklar" London jamoasi ortidan qolmayapti.

Mikel Arteta o‘sha afsonaviy mavsumdan yetti yil o‘tib "Arsenal"ga keladi. Shunga qaramay, u Arsen Venger ta’limini olishga erishadi. Ayni damda u Gvardiola va Venger qo‘llanmalaridan mohirona foydalanib kelmoqda. Quyida Vengerning mag‘lubiyatsiz mavsumi va hozirgi "Arsenal"ning 29 turdan keyin qanday natijaga erishganini taqqoslab ko‘ramiz.

2022-23 yilgi "Arsenal":

O‘yinlar: 29 ta
Ochkolar: 72
G‘alabalar: 23 ta
Duranglar: 3 ta
Mag‘lubiyatlar: 3 ta
Gollar: 70 ta
O‘tkazilgan gollar: 27 ta
O‘rtacha urilgan gollar: 2.41 ta
O‘rtacha o‘tkazilgan gollar: 0.93
O‘rtacha ochko olish: 2.48
G‘alaba ko‘rsatkichi: 79.3 %
Mag‘lubiyat ko‘rsatkichi: 10.3 %

2003-04 yilgi "Arsenal":

O‘yinlar: 29 ta
Ochkolar: 73
G‘alabalar: 22 ta
Duranglar: 7 ta
Mag‘lubiyatlar: 0 ta
Gollar: 57 ta
O‘tkazilgan gollar: 19 ta
O‘rtacha urilgan gollar: 1.96
O‘rtacha o‘tkazilgan gollar: 0.65
O‘rtacha ochko olish: 2.5
G‘alaba ko‘rsatkichi: 75 %
Mag‘lubiyat ko‘rsatkichi: 0%

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 17:00, 02.04.2023.
O'qildi: 2191 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.