Kirish Ro'yxatdan o'tish

Benzema "Real"ning so‘nggi 31 yildagi eng tez xet-trigini qayd etdi

Benzema "Real"ning so‘nggi 31 yildagi eng tez xet-trigini qayd etdi

Baho:
+-1 | -

Madridning "Real" klubi ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan La Liganing 27-tur doirasida "Valyadolid"ga qarshi o‘yinda 4 ta gol urdi. Ulardan uchtasi hujumchi Karim Benzema hisobiga yozildi. Fransiyalik futbolchiga xet-trik qilish uchun atigi 7 daqiqa vaqt kerak bo‘ldi, u 29, 32 va 36-daqiqalarda gol urdi.

Gracenote Live portali ma’lumotlariga ko‘ra, Benzema 1992 yilning 19 aprelidan beri La Ligada "Real"ning eng tezkor xet-trikiga erishdi. O‘shanda Fernando Yerro 6 daqiqa ichida "Espanyol" darvozasiga uchta gol urgandi.

Kiritildi: 20:48, 02.04.2023.
O'qildi: 4084 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик