Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Baxtiyor Ashurmatov: "Turon" Superligada qolish uchun kurashadigan jamoa emas"

Baxtiyor Ashurmatov: "Turon" Superligada qolish uchun kurashadigan jamoa emas"

Baho:
+ | -

Superliganing 4-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Turon” (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugun maydonda teng kuchli ikki jamoa harakat qildi. Birinchi bo‘limda biz ko‘proq hujum qilgan bo‘lsak, ikkinchisida mezbonlar faol harakat qilishdi. So‘nggi daqiqadagi vaziyatni inobatga olmasak, darvozamiz oldida aytarli vaziyatlar yuzaga kelmadi. Bugun ilk bor darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik. O‘tgan uchta bahsdan so‘ng futbolchilarda biroz tushkunlik bor edi. O‘ylaymanki, ularda o‘zlariga bo‘lgan ishonch qaytdi. Umuman olganda, o‘yin durangga mos bo‘ldi. “Bunyodkor” omad va mehnat evaziga 10 ochko yig‘di, bizga esa omad kelmadi. Biz boy berilgan ochkolar o‘rnini to‘ldirishimiz kerak. Murabbiy sifatida shuni aytamanki, jamoamiz Superligada qolish uchun kurashadigan jamoa emas. Biz bu vaziyatdan chiqib ketamiz.

Kumburovich, Beglarashvili va Boyovich singari legionerlarni tarkibga kech jalb qildik. O‘tgan uchrashuvda ikkita hujumchi bilan harakatlandik va Boyovich yomon harakat qilmadi. Bugun safarda “Bunyodkor” bilan kuch sinashganimiz sabab, bitta hujumchi – Norbekovning xizmatlaridan foydalanishga qaror qildik. Legionerlarimizdan ko‘nglim to‘q. Bugun Beglarashvilining o‘yinidan ham qoniqish hosil qildim. To‘p nazorati raqibga o‘tganida, aynan Zakariya uni o‘zimizda saqlashni uddaladi.

Tarkibida Abdumannopov, Ivanovich va Abdurahmonov singari tezkor futbolchilari bor “Bunyodkor”ga qarshi ochiq o‘yin ko‘rsatganimizda darvozamiz oldida xavfli vaziyatlar yaratilishi mumkin edi. Shu sabab, raqibning sabrli o‘yiniga shunday javob qaytardik.

So‘nggi daqiqada gol o‘tkazib yuborganimizda, men ortga qaytmasdan, shu yerda qolardim. Tasavvur ham qilolmayman. Tan olish kerak, bugungi bahs durangga mos edi. Mag‘lubiyat har ikki jamoa uchun ham alamli bo‘lardi. “Buxoro”, “Nasaf” va “Surxon”ga qarshi bellashuvlarning barchasida so‘nggi daqiqalarda to‘p o‘tkazib yubordik. Futbolda bir soniya ham diqqatni yo‘qotmaslik kerak”, – dedi Ashurmatov.

Kiritildi: 22:39, 02.04.2023.
O'qildi: 868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.