Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shou: «Nyukasl» ko‘proq g‘alaba qozonishni xohladi»

Shou: «Nyukasl» ko‘proq g‘alaba qozonishni xohladi»

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining yigirma to‘qqizinchi turida «Manchester Yunayted» ikki gol o‘tkazib yuborib, «Nyukasl»ga imkoniyatni boy berdi.

«Manchester Yunayted» himoyachisi Lyuk Shouning fikricha, raqib motivasiya tufayli yaxshiroq edi.

«Yomon natija! Jamoa sifatida o‘zingizga nisbatan halol bo‘lishingiz kerak, tan olish kerak. «Nyukasl» yaxshi o‘yin tufayli emas, motivasiya tufayli g‘alaba qozondi.

Ular maydonga ko‘proq motivasiya bilan kirishdi. Ular ko‘proq g‘alaba qozonishni xohlashdi. «Manchester Yunayted»da bunday bo‘lmasligi kerak. Bunday o‘yinlar uchun ko‘zlarda ochlik bo‘lishi kerak», – dedi Shou.

Keyingi turda «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Brentford»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 23:55, 02.04.2023.
O'qildi: 802 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.