"Manchester Yunayted" bu yozda hujumkor yarim himoyachi sotib olishga harakat qiladi. Xabarlarga ko‘ra, "MYU" hujumchi bilan bir qatorda, Brunu Fernandesh o‘rnini bosa oladigan futbolchi ham qidiradi.
Bu borada jamoa oldida ayrim variantlar mavjud. Xususan, "Lester Siti" vakili Yuri Tilemansning keyingi manzili Manchester shahri bo‘lishi haqida ma’lumotlar bor.