Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 0-0 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

APL. 29 turning eng yomon futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa: "Liverpul"dan trio, "Chelsi"dan esa duet

APL. 29 turning eng yomon futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa: "Liverpul"dan trio, "Chelsi"dan esa duet

Baho:
+ | -

Darvozabon: Illan Melye – "Lids"

Ro‘yxatdan "Lids Yunayted" futbolchilarining to‘rttasi o‘rin olgan. Shulardan dastlabkisi Melyedir. Fransuz darvozaboni Emireyts o‘yingohida to‘rtta gol o‘tkazib yuborgan edi. Uning jamoasi birinchi bo‘limni raqobatbardosh o‘tkazadi. Ammo ikkinchisi, ular uchun qiyinlik qildi. Maydon egalari yosh darvozabonni ayab o‘tirmadi. Garchand gollarning hech birida Melyening aybi bo‘lmasada, uning jamoasi mag‘lub bo‘lgan edi.

O‘ng qanot himoya: Lyuk Eyling – "Lids"

Shimoliy Londondagi dastlabki 45 daqiqalik, nisbatan raqobatga boy edi. Ammo bu jarayon Eyling o‘z jarima maydonchasi ichida Gabriel Jezusni chalib yiqitganiga qadar ro‘y berdi. "Lids Yunayted" sardori penaltiga sabab bo‘lish bilan bir qatorda, 2 ta jiddiy fol sodir etdi. O‘yin davomida raqib tomonda birorta ham xavfli uzatma ijro eta olmadi. Eylingning qanotida Gabriel Martinelli bemalol sayr qilib yurdi. Bularning bari u uchun katta minus bo‘ldi.

Chap qanot himoya: Endi Robertson – "Liverpul"

"Manchester Siti" hujumchilari, hatto Erling Xolandsiz ham "Liverpul" bilan o‘zlarining eng yaxshi o‘yinlarini namoyish etdi. Robertson esa himoyada bunga dosh bera olmadi. Shotlandiya terma jamoasi a’zosi "shaharliklar"ga qarshi 25 ta uzatmani amalga oshirgan bo‘lsa, shularning 8 tasi noaniq edi.

Markaziy himoya: Ibraima Konate – "Liverpul"

Turning omadsiz jamoalaridan biri "Liverpul" edi. Uning himoyachilar esa raqibga qarshi turib bera olmadi. Yurgen Klopp shogirdlari "shaharliklar"ning chempionlik poygasiga halaqit berishga harakat qiladi. Ammo buning iloji bo‘lmadi. Statistik ma’lumotlar himoyachilarning havodagi kurashlarini yuqori baholaydi. Ammo Konate o‘sha kuni bu borada, shunchaki imkonsiz qoldi.

Markaziy himoya: Paskal Stryoyk – "Lids"

Bechora "Lids"ga "Arsenal" bilan o‘yinda ko‘p narsa yetishmadi. Bahsning ikkinchi qismi qo‘rqinchi tush kabi edi. Uning asosida esa Stryoyk bor.

Tayanch yarim himoyachi: Fabinyo – "Liverpul"

Fabinyo bu mavsumda jamoasi uchun hech qanday foydaga ega bo‘lmay qoldi. Bir paytlar braziliyalik futbolchi o‘z pozisiyasida Rodri va Kazemiroga teng darajada edi. Ammo hozir unday emas. Yaxshiyamki, "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda unga sariq kartochka ko‘rsatilmadi. Uning pozision raqibi bo‘lgan Kevin De Bryuyne esa raqibni ko‘rdim demay o‘tib ketdi.

Yarim himoyachi: Loftus-CHik – "Chelsi"

"Chelsi"ning 2-0 hisobida o‘z maydonida "Aston Villa" tomonidan taslim qilinishi, Grem Potter uchun so‘nggi manzil bo‘ldi. U 56 daqiqada maydonda foydasi tegmagan Loftus-CHikni almashtirgandi. Ingliz futbolchisi bir soatdan ortiq vaqt davomida na bloklar, na qarshi hujumlar va na muhim uzatmalarni amalga oshirdi.

Yarim himoya: Jek Xarrison – "Lids"

Xavi Garsiya Xarrisonni maydon markazida o‘ynatdi. Bu esa futbolchi uchun o‘ta noqulay edi. Balki shu sababdan jamoaga uning foydasi tegmagandir. 84 daqiqada zaxiraga olingan futbolchi, o‘yin davomida birorta dribling yoki himoyaviy mahorat ko‘rsata olmadi.

O‘ng qanot hujum: Mixail Mudrik – "Chelsi"

Agarda mana shu futbolchida o‘ziga bo‘lgan ishonch kuchli bo‘lganida edi, balki Potter hozir o‘z ishida qolgan bo‘lardi. Ukrainalik vinger ikkita zo‘r imkoniyatni ko‘kka sovurib, Loftus-CHik kabi 56 daqiqada almashtiriladi. Mudrik "Chelsi"ga kelganidan beri faqat 1 ta bahsda golda ishtirok etdi xolos.

Chap qanot hujum: Markus Reshford

Reshford hafta yakunida mavsumdagi eng yomon o‘yinini o‘tkazdi. "MYU"da gol urishi kutilgan yagona vakil, u edi. Shunga qaramay, Reshford hech narsa qila olmadi. Hatto, Antoni undan yorqinroq ko‘rindi.

Hujumchi: Teo Uolkott – "Sautgempton"

Albatta, Uolkot haftaning yomon futbolchilari qatoriga kiradi. Sobiq "Arsenal" hujumchisi "Vest Xem" bilan muhim bahsda raqib darvozasi tomon bitta zarba bera oldi xolos. U, shuningdek, 3 ta muvaffaqiyatsiz zarbani amalga oshirdi. Shunday ekan, uning nomi bu yerda turishi adolatdan bo‘ladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 15:48, 03.04.2023.
O'qildi: 2142 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.