“Ural” klubi futbolchisi Ray Vlut Niderlandiyada ikki yarim yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Vlut bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida aybdor deb topildi. Voqea bir necha yil oldin sodir bo‘lgan.
Ray Vlut o‘tgan yilning sentyabridan "Ural" safida o‘ynab kelmoqda. O‘shandan beri 27 yoshli niderlandiyalik futbolchi Rossiya klubi safida 15 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan.
“Ural” navbatdagi o‘yinni 4 aprel, seshanba kuni o‘tkazadi. Viktor Gancharenko shogirdlari Rossiya kubogi yuqori qismining yarim final javob uchrashuvida “Spartak”ga qarshi maydonga tushadi.