Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Qarang, Erlingdan ham yuqori...

Qarang, Erlingdan ham yuqori...

Baho:
+ | -

Yo‘q, «Manchester Siti»da to‘xtamay, uch-beshtalab gol urayotgan Erling Xoland joriy yevromavsumning eng mahsuldor futbolchisi emas.

Norvegiyalik «yirtqich»dan oldinda fransiyalik nouneym bor - Rayan Filipp. Yozda bu yigitcha uchun uzundan-uzun navbat yuzaga kelsa, ajabmas.

Rayan Filipp, bu yigit kim o‘zi?

Diqqat, mavsum-2022|2023ning eng sermahsul futbolchisi - Rayan Filipp. Lyuksemburgning «Esperanj» klubi vingeri mahalliy liganing dastlabki 19ta o‘yinida «Gol+pas» tizimi bo‘yicha 41 ball to‘pladi (21ta gol va 20ta samarali uzatma). Xullas, fransiyalik iqtidor ayni payt Yevropa milliy chempionatlarining eng sermahsul futbolchilari ro‘yxatida «Manchester Siti» hujumchisini 8 ball darajasida ortda qoldirmoqda. Filipp Fransiyaning Nissa shahrida tug‘ilgan, futbolga esa 7 yoshida Menton shahri klubi akademiyasida qadam tashlagan. Iqtidorli bolakay 11 yoshiga qadar aynan Mentonda shug‘ullanadi, keyin Fransiya janubiy-sharqiga yo‘l olib, «Rokbryun-Kap-Marten» akademiyasiga ko‘chib o‘tadi. Faqat 2015 yildagina Nissaga qaytgan Filipp «Kavigal» jamoasida bir mavsum ushlanib qoladi, xolos. Chunonchi, yildan-yilga yuksalayotgan yigitcha o‘sha mavsum yakunida nisbatan taniqli «Dijon» klubidan taklif olgandi. 

Rayan 3 yillik tahsildan so‘ng akademiya tarbiyalanuvchisi maqomida avvaliga «Di­jon»ning U-19 jamoasida o‘ynay boshladi, keyin o‘rinbosarlar guruhiga qo‘shildi. Shu tariqa 2019|2020 yillar mavsumiga kelib, Liga 1da debyut qildi. Aniqrog‘i, Rayan «Dijon»ning «Bordo»ga qarshi o‘yi­nida 29 daqiqa harakatlandi. Tezkor yigit shundan so‘ng Fransiya U-20 terma jamoasidan ham chaqiruv oldi va 2ta o‘rtoqlik o‘yini (Xorvatiya - 1:1; Sloveniya - 2:2)da qatnashdi. To‘g‘ri, maydonda mos ravishda 14 va 78 daqiqa to‘p surgan nouneym biror samarali harakatni amalga oshirolmadi. «Dijon» 2020 yilning fevralida vingerni yarim mavsumga mo‘ljallangan ijara kelishuvi asosida «Tulon»ga yubordi va u yangi klubining 5ta o‘yinida 1ta gol urdi. Biroq jamoa shu 5ta uchrashuvdan 4tada mag‘lubiyatni tan oldi. Nissalik futbolchi mavsum-2020|2021ni «Dijon» safida boshladi, ammo yana samarasiz - Liga 1 doirasidagi 4ta o‘yinining barchasi jamoasi mag‘lubiyati bilan tugadi. O‘rinbosarlar tarkibidagi 1ta «dubl» va 1ta samarali uzatma esa hech narsani o‘zgartirmadi, hisob. Oqibatda yigitcha yana ijara safariga chiqdi va Liga 2 ishtirokchisi «Nansi»da nihoyat, avvaliga bor salohiyatini ko‘rsatadigandek taassurot uyg‘otdi, ammo yakunda muvaffaqiyatsizlikka uchradi: samarasiz 16ta o‘yin (10tasi boshlang‘ich tarkibda).

Endi hammasi, boshqacha, faqat...

«Nansi»dan «Dijon»ga qayt­gan Filipp o‘rtadagi shart­nomani kelishuv asosida bekor qildi va kamtarin «Esperanj» bilan erkin agent maqomida bitim tuzdi. Muhimi, fransiyalik legioner Lyuksemburg chempionatidagi debyut mavsumidayoq 14ta o‘yinda 7ta gol va 3ta assist muallifiga aylandi. «Esperanj» esa mahalliy liga turnir jadvali 4-pog‘onasi orqali Konferensiyalar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Rayan ayniqsa, mavsum oxirida kuchaydi - 3ta o‘yin­da 4ta gol + 2ta samarali uzatma. Joriy mavsumga kelsak, Filipp xalqaro tanaffusga qadar 19ta o‘yinda 41ta (!) samarali harakat to‘pladi. Jumladan, 1ta «xet-trik» va 4ta «dubl» qayd etdi. E’tiborlisi, assistentlik bobida ham 1ta «xet-trik» yoniga aynan 4ta «dubl» qo‘shib qo‘ydi. Umuman, Rayan atigi 2ta o‘yinda o‘z hisobiga samarali ball yozib qo‘yolmadi. Lyuksemburg kubogida esa 1ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist muallifi bo‘ldi.

«Esperanj» 54 ochko bilan turnir jadvali peshqadami bo‘lib turibdi - 21ta o‘yindan 17tasida g‘alaba qozongan klub eng yaqin ta’qibchisini 3 ochkoga ortda qoldirmoqda. Darvoqe, Filippning amaldagi shartnomasi yozda o‘z kuchini yo‘qotadi va u Lyuksemburgdan ketadigan ko‘rinadi. Aslida ham bunday goleador Fransiya­ga qaytib, Kilian Mbappega raqobat taqdim etishga urinib ko‘rishi kerak. To‘g‘ri, Liga 1 - bu Lyuksemburg chempionati emas, shunday ekan, transferi atigi 300 ming yevroga baholanayotgan vingerning o‘z yurtida nimalarnidir isbotlashi oson emas. Aytgancha, Filipp Lyuksemburgga transfer qiymati 150 ming yevrolik futbolchi sifatida yo‘l olgandi. Demak, bu borada ham katta o‘sish yo‘q emas.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:43, 03.04.2023.
O'qildi: 4463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.