Fabrisio Romano "Milan" futbolchisi Teo Ernandesning holati haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Ernandes hech qayoqqa ketmaydi. Uni sotish niyati rahbariyatda yo‘q. "Milan" hatto 60 million funt evaziga ham uni qo‘yib yubormoqchi emas. Faqatgina juda katta taklif rahbariyatning bu boradagi niyatini o‘zgartirishi mumkin".
Fransiya terma jamoasi a’zosi uchun "Arsenal" qiziqish bildirgan edi.