Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio - Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano - Selta
11/01 18:00 Alaves - Jirona
11/01 19:00 Empoli - Lechche
11/01 19:00 Udineze - Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid - Betis
11/01 22:00 Torino - Yuventus
11/01 22:30 Espanyol - Leganes

«Barselona» Yevropaning top-5 chempionatlari rekordini yangilay oladimi?

«Barselona» Yevropaning top-5 chempionatlari rekordini yangilay oladimi?

Baho:
+ | -

Xavi shakllantirgan «Barselona» Ispaniya chempionatida tobora navbatdagi «oltin»ga yaqinlashmoqda.

Kataloniyaliklar 19 mart kuni «Kamp Nou»da «Real»dan ham 3 ochko tortib olishgach, La Liga-2022/2023ning asosiy masalasi kun tartibidan tushib qoldi, hisob. Har holda, «El-klasiko» natijasidan keyin turnir jadvali peshqadami va uning eng yaqin ta’qibchisi o‘rtasidagi ochkolar farqi 12taga yetdi. Finishgacha 12ta tur qolganini hisobga olsak, bu juda katta farq. Lekin sports.ru tasvirlari asosida tayyorlangan qo‘yidagi maqola Ispaniya chempionatidagi raqobat emas, balki «Barselona»ning bitta qiziqarli statistik ko‘rsatkichi haqida.

Diqqat qiling, Kataloniya jamoasi navbatdagi chempionlik sari yo‘lda aqlga sig‘mas darajada kam gol qo‘yib yubormoqda: 25ta o‘yinda atigi 9ta (27-turdan keyin ham «Barsa»da bu ko‘rsatkich — 9 bo‘lib turibdi).

*** «Real» Kataloniya klubiga atagan 4ta golidan 3tasini 1ta o‘yin (Madriddagi «El-klasiko»)da yuzaga keltirdi. Bu «Barselona»ning jami qo‘yib yuborgan gollaridan 33,3 foizidir.

*** «Barselona» joriy mavsum boshqa turnirlarda o‘z darvozasidan ancha ko‘p to‘p o‘tkazib yubormoqda: 14ta o‘yinda 22ta gol (1ta o‘yinda o‘rtacha hisobda 1,57ta gol).

«Barselona»ning joriy mavsum kam gol qo‘yib yuborish borasida Yevropa milliy chempionatlari yuqori divizioni ishtirokchilari orasida birinchi o‘rinda turgani o‘z-o‘zidan tushunarli. Ammo quyi divizionlarga qarasak, Kataloniya drujinasidan ham ishonchliroq klublar topiladi. Bular - Bosniya va Gersegovina chempionati Ikkinchi divizioni ishtirokchilari «Gabela» va «Novi Grad».

*** «Barselona»da kam gol qo‘yib yuborish borasida La Liga rekordini yangilash imkoniyati juda katta. Hozirda eng yaxshi ko‘rsatkich «Deportivo»-1993/1994 va «Atletiko»-2015/2016ga tegishli. Har ikki klub butun mavsum davomida 18tadan gol qabul qilgandi (o‘rtacha hisobda 1ta o‘yinda -0,47ta gol).

*** Kam gol qabul qilish bo‘yicha Yevropaning kuchli 5ta ligasi rekordi esa mavsum-2004/2005da «Chelsi» tomonidan qayd etilgan. London jamoasi o‘shanda APLdagi 38ta o‘yinda atigi 15ta gol qo‘yib yuborgandi. Demak, Xavi jamoasi top 5ta liga rekordini yangilashga ham urinib ko‘rishi mumkin.

«Barselona» shuning barobarida muayyan mavsumdagi «quruq» o‘yinlari soni bo‘yicha ham Yevropa elit ligalari rekordini yangilashga harakat qilishi mumkin. Hozirda bu natija «Deportivo»ga tegishli. Diqqat qiling, La-Korunya jamoasi darvozaboni Fransisko Lyanyo mavsum-1993/1994 doirasidagi naq 26ta o‘yinda gol qo‘yib yubormagan. «Barselona» hozircha yomon ketmayapti.

*** «Barselona» hisobida yana 12ta o‘yin borligini hisobga olsak, jamoa «Deportivo» rekordini yangilash uchun ulardan 9tasida darvozasi daxlsizligini ta’minlashi kerak. Biroq oson emas: kataloniyaliklarni oldinda top-6ga mansub «Atletiko», «Betis» va «Real Sosyedad» kabi klublarga qarshi o‘yinlar kutmoqda.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:56, 04.04.2023.
O'qildi: 4051 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.