Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Bu mavsumdagi "MYU" o‘tgan yilgisidan nimasi bilan farq qiladi?

Bu mavsumdagi "MYU" o‘tgan yilgisidan nimasi bilan farq qiladi?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" 2022-2023 yilgi mavsumda oldingidan ko‘ra ancha o‘zgarish namoyish etdi. Erik ten Xag jamoani yaxshi tomonga boshqarmoqda. Ammo klubning joriy va o‘tgan mavsumdagi shu paytgacha bo‘lgan natijalarini taqqoslaydigan bo‘lsak, siz o‘ylaganchalik sezilarli farq yuzaga kelmaydi. Umuman olganda, jamoaning eng katta farqi bu ikki davrdagi kubok musobaqalarida qayd etgan natijasida ko‘zga tashlanadi. Masalan, "qizil iblislar" o‘tgan mavsumda YECHL, Angliya kubogi va liga kubogidan juda ham erta chiqib ketishga majbur bo‘lgandi.

2021-2022 yillarda jamoa YECHLning guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, pley-offda "Atletiko" bilan to‘qnashgandi. Madrid klubi esa "MYU" shu bosqichda taslim bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Angliya kubogida mankunianliklarning boshini Chempionship vakili "Midlsbro" yeydi. Liga kubogida esa "Vest Xem" uchinchi bosqichdan uyog‘iga "MYU"ni o‘tkazmaydi. O‘sha natijalardan farqli ravishda ten Xag jamoasi bu mavsum davomida har bir frontda kurash davom ettirmoqda. Xususan, jamoa Angliya liga kubogini qo‘lga kiritdi. Yevropa ligasi va Angliya kubogi hali ham yutilishi mumkin bo‘lgan sovrinlar qatorida turibdi (chorak va yarim finallar). YELda "MYU" "Barselona" va "Real Betis"ni dog‘da qoldirdi. Jamoaning keyingi raqibi "Sevilya" bo‘ladi. Kubok yarim finali "Brayton"ga qarshi "Uembli" stadionida kechadi.

O‘tgan mavsumda "qizil iblislar" APLda 7 o‘rinni egallagab, o‘zining 30 yildagi eng yomon natijasini qayd etgandi. Hozirda "MYU" yaxshi ketayotgandek ko‘ringani bilan, o‘tgan mavsumni xuddi mana shu davriga solishtiradigan bo‘lsak, ten Xag jamoasi allaqachon Ralf Rangnik boshchiligidagi "iblislar"ga qaraganda ko‘p o‘yinni boy berdi. Ochko jihatidan esa atigi 3 ta ko‘p jamg‘ardi xolos. Qolaversa, yangi "MYU" ligada ko‘proq gol o‘tkazib, kamroq gol urdi. So‘nggi 11 ta liga bahslaridagi natijalar ham havas qilarli emas (6 ta mag‘lubiyat, 3 ta g‘alaba, 2 ta durang). Eng yomoni, Gleyzerlar klubi bu mavsum ham YECHLdan qurib qolib ketish xavfi ostida qolmoqda. Aytish mumkinki, uchta frontdagi kurash jamoa oldida o‘ta murakkab taqvimni qo‘ygan. Quyida ikki mavsumning statistikalari taqdim etiladi:

2022-23

APL
O‘yinlar: 27 ta
G‘alabalar: 15 ta
Duranglar: 5 ta
Mag‘lubiyatlar: 7 ta
Ochkolar: 50
Urilgan gollar: 41 ta
O‘tkazilgan gollar: 37 ta
Quruq o‘yinlar: 11 ta
Ligadagi o‘rin: 4
Kubok bahslari
Angliya liga kubogi: chempion
Angliya kubogi: Yarim-finalga chiqqan
YEL: chorak finalga chiqqan

2021-22

APL
O‘yinlar: 27 ta
G‘alabalar: 13 ta
Duranglar: 8 ta
Mag‘lubiyatlar: 6 ta
Ochkolar: 47
Gollar: 44 ta
O‘tkazilgan gollar: 34 ta
Quruq o‘yinlar: 7 ta
Ligadagi pog‘ona: 4
Kubok bahslarida
Angliya liga kubogi: uchinchi bosqich
Angliya kubogi: to‘rtinchi bosqich
YECHL: nimchorak final

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 15:41, 04.04.2023.
O'qildi: 2248 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.