Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

"Chelsi" o‘z tarixida necha marta vaqtinchalik murabbiy tayinlagan edi?

"Chelsi" o‘z tarixida necha marta vaqtinchalik murabbiy tayinlagan edi?

Baho:
+ | -

"Chelsi" yigirma yildan oshiq shonli tarixida ko‘plab murabbiy almashtirgan. Bu jarayonda ayrim bo‘shliqlar paydo bo‘ladi. Ana shu joylarni to‘ldirish maqsadida vaqtinchalik murabbiylar tayinlanadi. "Chelsi" ham bunday amaliyotlarga qo‘l urgan. Xususan, jamoa o‘z tarixi davomida besh marta bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi mutaxassisni tayinlaydi. Bruno Saltor oltinchisi bo‘ldi. U Grem Potter o‘rnida qoladigan bo‘ldi.

Devid Uebb – 1993

"Chelsi"ning ilk yurishi bu borada 1993 yilda yuz beradi. 1992-93 yilgi mavsum o‘rtasida jamoa murabbiy almashtiradi – Porterfild ishdan olinadi. Uning o‘rnini "Chelsi"da 1960 va 70 yillar boshida harakat qilgan Devid Uebb egallaydi. Albatta, bu vaqtinchalik ish edi.

Gus Xiddink – 2009

Xiddink Luiz Felipe Skolarining ishdan haydalishi ortidan jamoaga olib kelinadi. Daniyalik mutaxassis "Chelsi"ning tabiati va Abramovich niyatlaridan yaxshi xabardor edi. Negaki, u Rossiya terma jamoasida ham ishlagandi. Xiddink 22 ta o‘yin davomida londonliklarga boshchilik qilib, faqat 1 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchraydi. Ushbu murabbiy "Chelsi"ni APLda 3 o‘ringa olib chiqadi. Angliya kubogida g‘olib bo‘ladi. YECHLda esa finalga qadar yetib boradi.

Roberto Di Matteo – 2012

Aytinchi, tarixda Di Matteodan ham ko‘ra omadliroq vaqtinchalik murabbiy bo‘lganmi? Biznincha, yo‘q! Negaki, italyan mutaxassisi "Chelsi"da vaqtinchalik ishlab, jamoani Angliya kubogi va YECHLda chempionga aylantiradi. Di Matteo bu yo‘lda "Barselona" va "Bavariya"ni mag‘luniyatga uchratgan edi.

Rafael Benites – 2012-13

"Chelsi" muxlislari Di Matteo Rafael Benitesga almashtirilganida, juda ham xafa bo‘lishadi. Negaki, ularda oldin "Liverpul"ni boshqargan ispanga nisbatan hurmat yo‘q edi. Shu sababdan uy bahslarida Benites sha’niga yomon so‘zlar aytilib, hushtaklar chalinadi. Rafael Benites mavsum oxirida Yevropa ligasida zafar quchadi. Ammo bu yetarli emasdi. Shu sabab Joze Mourinyoga almashtiriladi.

Gus Xiddink – 2015-16

Xiddink Joze Mourinyodan mavsum yarmida qolgan jamoani muvozanatda ushlab turishi kerak edi. Biroq, uning ikkinchi bor kelishi 2009 yildagi kabi omadli bo‘lmaydi. Negaki, "Chelsi"da kuchli tartibsizlik hukmronlik qilayotgandi. Jamoa Chempionshipga tushib ketish xavfi ostida qoladi. Sobiq "Real" murabbiyi avvalgidek muvaffaqiyatga erishmagan bo‘lsa ham, jamoani APLda osonlik bilan olib qoldi. Klub 10 o‘rinda mavsumni tugatib, yangi mavsumga Antonio Konteni tayinlaydi.

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 17:58, 04.04.2023.
O'qildi: 1233 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.