Germaniya kubogi chorak finalida Myunxenning “Bavariya” klubi “Frayburg”ga imkoniyatni boy berdi (1:2). Uchrashuv Myunxendagi "Alyans Arena" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Tomas Tuxel jamoasi tarkibida Dayo Upamekano yagona golga mualliflik qildi. O‘yinning 27-daqiqasida mehmonlar safida Nikolas Xefler gol urgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Lukas Xeler penaltini golga aylantirdi.
Kubokning 1/4 final bosqichining yana bir o‘yinida "Ayntraxt" "Union"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.