Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Statistika: Qanday yubiley ko‘rsatkichlar bor?

Statistika: Qanday yubiley ko‘rsatkichlar bor?

Baho:
+ | -

Mana, mart oyi boshida start olgan hisob bo‘yicha XXXII milliy chempionatimiz elit ligasida dastlabki qisqa tanaffus yuzaga keldi.

Ortda qolgan 3ta tur o‘yinlari bu yil Superligada kurash yanada keskinlashishiga dalolat bermoqda. «Neftchi» va «Bunyodkor»ning dadil yurishi davom etadimi? «So‘g‘diyona» va «Turon» ilk g‘alabasini qachon nishonlaydi? Bu kabi savollar FIFA kunlaridan keyingi turlarga havola, albatta. Hozircha esa tanaffusdan foydalanib, statistika daftarini ochamiz va ba’zi yubiley natijalar haqida gaplashamiz.

KLUBLAR UCHUN YUBILEY MARRALAR 

Bu yilgi Superligada debyutant jamoa yo‘qligini yaxshi bilasiz. Yaqin kelajakda elit ligamizning yangi ishtirokchi hisobiga boyishi ehtimoli ham past - yaqqol da’vogarning o‘zi yo‘q. Mavzuga qaytsak, 14ta klubdan biri mavsumni kichik yubileyni nishonlash bilan boshladi. Gap Bekobodda kechgan 1-tur o‘yinida «Metallurg»ni 3:0 hisobida yenggan «Neftchi» haqida ketmoqda. Qisqasini aytganda, Far­g‘ona jamoasi milliy chempionat elit ligasida 1600ta gol marrasini zabt etdi. Yubiley golga o‘yinning 87-daqiqasida Umar Adhamzoda mualliflik qildi. Qolaversa, «Neftchi» 3-turga kelib, milliy chempionatda to‘plagan ochkolari sonini roppa-rosa 1600taga yetkazib qo‘ydi. Vitaliy Levchenko tuzgan qiziqarli jamoa bu marrani Zominda «So‘g‘diyona»ga qarshi bahsda zabt etdi. 

Yana bir qator klublarda mavsum davomida qaysidir yubiley marraga yetish uchun real imkoniyat bor. Deylik, «Navbahor» dastlabki turlarda 1500-gol va ochkoga nisbatan yaqinlashdi. Aniqrog‘i, Samvel Babayan jamoa­si raqiblar darvozasini yana 35 marta nishonga olsa, milliy chempionatimiz tarixidagi gollari sonini 1,5 mingga yetkazadi. 1500-ochkodan esa Namangan jamoasini 44ta ball ajratib turibdi. «So‘g‘diyona» oldida 3ta real marra bor. Birinchisi - 800-o‘yin. Jizzaxliklar Superligadagi yana 3ta o‘yindan so‘ng bu yubileyni nishonlashadi. Ikkinchisi - 1000-gol. «So‘g‘diyona» buning uchun raqiblar darvozasiga atigi 5 marta yo‘l topsa, bas. To‘g‘ri, jizzaxliklar elit liga hisobidan 1000-ochko yo‘lida ko‘proq ter to‘kishlari kerak. Binobarin, ushbu yubileyni nishonlash uchun yana 37ta ochko zarur. Yorqin Nazarov jamoasining dastlabki 3ta turda atigi 1 ochko ishlaganini hisobga olsak, bu marra ancha olisdadek...

Superliga-2023ni kutilganidan-da ko‘tarinkiroq boshlagan «Bunyodkor» 4-turdayoq yuqori diviziondagi 450-o‘yiniga qadam tashlaydi. Darvoqe, «qaldirg‘ochlar» xuddi «Neftchi» kabi bitta yubileyni nishonlashga ulgurishdi. Ya’ni 2-turda OKMK darvozasiga 800-gollarini urishdi. Unga o‘yinning 26-daqiqasida Shohruh Abdurahmonov mualliflik qildi (birinchi gol). Superligaga qaytgan «Andijon»ni ham kamtarin yubiley kutmoqda. To‘g‘ri, vodiy klubi liga tarixida 900ta ochko marrasiga yetish uchun tezlikni oshirishi kerak. Zero, buning uchun Aleksandr Xomyakov shogirdlaridan yana 20ta ochko to‘plash talab qilinadi. «Metallurg» oldida esa bu yil zabt etilishi mumkin 4ta yubiley ko‘rsatkich bor. Jumladan, bekobodliklar yana 7 marta maydonga tushsalar, 250ta o‘yin marrasi ortda qoladi. 150-durangdan esa jamoani atigi 3ta «sulh» ayirib turibdi. Shuningdek, «Metallurg» raqiblar darvozasiga yana 30 marta yo‘l topsa, 900-golini rasmiylashtiradi, o‘xshashlikni qarang, Luisma Ernandes boshqarayotgan klubning chempionatda 900ta ochko marrasidan ham aynan 30 ball ayirib turibdi. 

OKMK dastlabki 3ta turda 6 ochko oldi. Mirjalol Qosimov drujinasi yana 30 ochko ishlasa, bu borada «600» marrasiga yetadi. OKMKda gollari sonini ham 600taga yetkazish imkoniyati bor. Umuman, klub bu yubileyga juda yaqin - yana 13ta gol kifoya qiladi. «Surxon» hozirgi holatda milliy chempionatning umumiy turnir jadvalida 499ta ochkoga ega. Demak, termizliklar navbatdagi o‘yinlardayoq yubiley - 500-ochkoni o‘z hisoblariga yozib qo‘yishadi katta ehtimol. «Surxon»ning joriy mavsum 500ta o‘yin marrasiga yetishi ham aniq (hozirda buning uchun 19ta uchrashuv yetmayapti).

Superligada 2-mavsumini o‘tkazayotgan ikki klubda yubileylar ko‘lami kichikroq. Xusasan. «Olimpik» 50-o‘yin (21ta qoldi), 50-ochko (10ta qoldi) va 50-gol (14ta qoldi) sari yaqinlashmoqda. Qolaversa, keyingi 2ta yutuq «Olimpik» hisobiga 9-10-g‘alabalar sifatida yoziladi. «Turon» ham yana 21ta o‘yindan so‘ng 50talik marraga yetadi. Qolgan 4ta jamoa - «Paxtakor», «Nasaf», «Qizilqum» va «Buxoro» oldida e’tiborga molik yubiley marralar yo‘q hozircha.

 

FUTBOLCHILAR UCHUN YUBILEY  MARRALAR

«So‘g‘diyona»ni hamon o‘z ortidan ergashtirishga urinayotgan Jasur Hasanov tobora katta yubiley sari qadam tashlamoqda. Faxriylikni tan olmayotgan yarim himoyachi yana 8 marta maydonga tushsa, elit liga hisobidan 500ta o‘yin marrasiga yetadi. Chempionat startidan oldin Ignatiy Nesterov bu yubileyga Jasurdan ham yaqinroq edi (493ta o‘yin). Biroq u Superliga «zayavka»sidan chetda qoldi va Hasanov oldinga o‘tib olishga ham ulgurdi. Ehtimolki, Ignat hali Superligaga qaytar va 500talik dovonni zabt etar... Buni vaqt ko‘rsatadi. Chempionat hisobidan 300ta o‘yin marrasiga eng yaqin futbolchilar - Islom To‘xtaxo‘jayev (290ta) va Salim Mustafoyev (283ta) ham hozirda Superliga doirasidan tashqarida. 

Umuman, dastlabki 3ta turda 3 nafar futbolchi 100ta o‘yin dovoniga yetdi. Bular - Oybek Bozorov («Nasaf»), Milan Mitrovich («So‘g‘diyona») va Shahboz Jo‘rabekov («Navbahor»). Aniqrog‘i, «Navbahor»ning yangi vakili yubileyni 1-turda nishonlab, keyingi 2ta o‘yinda maydonga tushmagan bo‘lsa, «So‘g‘diyo­na» darvozaboni uchun 2-tur bahsi «yumaloq» raqamli bo‘ldi. Serbiyalik kiper endi 2-yuztalikni maydalay boshlaganini ham aytish o‘rinli. Oybek Bozorovning yubileyi esa 3-turga to‘g‘ri keldi. Chempionat startidan oldin 97ta o‘yinga ega bo‘lgan yarim himoyachi bu marrani 3ta turda ham maydonga tushgani evaziga zabt etdi. 

 

Superligada yubiley - 100-o‘yinga yaqin futbolchilar 

Avazxon Mamatxo‘jayev («Qizilqum») - 93ta o‘yin

Sanjar Tursunov (OKMK) - 93ta o‘yin

Nuriddin Hasanov («Surxon») - 91ta o‘yin

Avazbek O‘lmasaliyev («Bunyodkor») - 89ta o‘yin

Akbar To‘rayev («Neftchi») - 87ta o‘yin

Abror Toshqo‘ziyev («Metallurg») - 85ta o‘yin

Sunnatulla Abdullajonov («Neftchi») - 84ta o‘yin   Abbos G‘ulomov («Neftchi») - 84ta o‘yin

Sherzod Nasrullayev («Nasaf») - 80ta o‘yin

Farrux Ibrohimov («Buxoro») - 75ta o‘yin

Superligada yubiley - 200-o‘yinga yaqin futbolchilar

Quvondiq Ro‘ziyev («Turon») - 196ta o‘yin

Fayzulla Qambarov («Qizilqum») - 195ta o‘yin

Fozil Musayev («Neftchi») - 187ta o‘yin

Akram Komilov (OKMK) - 185ta o‘yin

Shohruz Norxonov («Navbahor») - 184ta o‘yin

Ixtiyor Toshpo‘latov («Buxoro») - 183ta o‘yin

Bobur Yo‘ldoshev («So‘g‘diyona») - 179ta o‘yin

Jasur Hakimov («Bunyodkor») - 178ta o‘yin

Murod Bobojonov («Neftchi») - 176ta o‘yin

Faqat Superliga klublari tarkibidagi futbolchilar natijasiga qaralgan.

Ushbu materialni tayyorlashda taqdqiqotchi va statist jurnalist Sergey KNYAZEV to‘plagan ma’lumotlardan foydalanildi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:12, 05.04.2023.
O'qildi: 1077 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.