Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Murabbiyning bevaqt iste’fosidan faqatgina rahbariyat jabr ko‘radi

Murabbiyning bevaqt iste’fosidan faqatgina rahbariyat jabr ko‘radi

Baho:
+ | -

Mourinyo faqat tovon pulidan 60 million yevro ishlab oldi!

Murabbiyga ishdan bo‘shatilgandan so‘ng tovon puli to‘lash har qanday klub rahbari uchun yoqimsiz jarayon bo‘lib tuyuladi, bir kishidan tashqari. Roman Abramovich o‘zining sobiq qo‘l ostidagilar iste’foga chiqqanidan keyin juda saxiylik bilan ularga «minnatdorchilik» bildirgan. «Chelsi» murabbiylari bu borada «ilg‘or». Yana qaysi klublarda mutaxassislarga ishdan bo‘shatilganlik uchun katta pul to‘langanini aytish mumkin?

Maurisio Pochettino, «Tottenxem», 14,1 mln yevro

Argentinalik qo‘l ostida «Tottenxem»ning natijalari sezilarli darajada yaxshilangan. Pochettino London klubi bilan hech narsa yutmaganiga qaramay, jamoa u bilan Chempionlar ligasi finaliga chiqdi, Angliya chempionatida ikkinchi va ikki marta uchinchi o‘rinlarni egalladi. Natijalar yomonlashganda, murabbiy ishdan bo‘shatildi. O‘shanda «Tottenxem» 12 turdan keyin 14-o‘rinda edi. Maurisio London klubida deyarli 5,5 yil ishladi.

Joze Mourinyo, «Tottenxem», 22,7 million yevro

Joze «Tottenxem»da bir yarim yil ishladi. Portugaliyalik bilan, boshqa murabbiylar singari, «shporlar» ham hech narsa yutmadi - ular Chempionlar ligasining 1/8 finalida «Leypsig»dan, keyingi mavsumda esa Yevropa Ligasining 1/8 finalida Zagrebning «Dinamo»sidan mag‘lubiyatga uchradi. Mourinyo boshchiligida «Tottenxem» 86 o‘yindan 45 tasida g‘alaba qozongan. Balki, agar portugaliyalik iste’foga chiqarilmaganida, u klubga Liga kubogini olib kelishi mumkin edi – axir, jamoani finalga olib chiqqan Joze edi.

Loran Blan, «PSJ», 19,3 mln yevro

Fransiyalik murabbiy «PSJ» bilan 11 ta milliy sovrinni qo‘lga kiritgan. Blan debyutidayoq Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritdi va birinchi mavsumidayoq klubga Liga kubogi va chempionatning bosh sovrinini olib keldi. Fransiyalik murabbiy «PSJ» bilan shartnomasini ikki marta uzaytirdi: ikkinchi martasida 2016 yildan 2020 yilgacha edi, lekin Yevro-2016 vaqtida jamoani tark etgan. Rahbariyat Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin shunday qarorga kelgan.

Joze Mourinyo, «Chelsi», 20,4 million yevro

Portugaliyalik uch yil ichida oltita sovrinni, jumladan, Angliyada ikkita chempionlikni qo‘lga kiritdi. Mourinyo klub xo‘jayini Roman Abramovich bilan bir qator kelishmovchiliklarga qaramay, tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida «Chelsi»ni tark etdi. Portugaliyalik «ko‘klar» tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy sifatida jamoadan ketdi. 2013 yilda Joze «Stemford Bridj»ga qaytdi va yana bir chempionlik va Liga kubogini qo‘lga kiritdi.

Joze Mourinyo, «Manchester Yunayted», 22,2 million yevro

«Manchester Yunayted»ning Mourinyo qo‘l ostidagi yurishi Aleks Fergyusondan keyingi eng muvaffaqiyatlisi edi. O‘yin uslubi bilan ko‘pchilikning tanqidiga uchragan portugaliyalik murabbiy klubga Yevropa Ligasi, Angliya Superkubogi va Liga kubogida g‘alaba keltirdi. Uchta sovrin ham bir mavsumda qo‘lga kiritildi. Joze ikki yarim yil ishladi va «Manchester Yunayted» 2018/2019 yilgi mavsumda liga peshqadamidan 19 ochkoga ortda qolganida ishdan bo‘shatildi.

1. Antonio Konte, «Chelsi», 29,7 million yevro

2018 yilda Kontening «Chelsi»dan iste’foga chiqarilishi futbol tarixidagi rekord summaga sabab bo‘ldi. Bu summaga London klubi hisobotida qayd etilganidek, nafaqat bosh murabbiy, balki uning xodimlariga to‘lovlar, shuningdek, sud xarajatlari ham kiradi. Ikki yil ichida Antonio «Chelsi» bilan chempionlik va Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. Italiyalik murabbiyning ikkinchi mavsumi omadsiz chiqdi: turnir jadvalida beshinchi o‘rin va Chempionlar ligasini qo‘ldan boy berish. Bundan tashqari, Konte «Chelsi» yulduzlari Eden Azar va Diyego Kosta bilan kelisha olmadi.

Kiritildi: 00:29, 07.04.2023.
O'qildi: 1366 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик