Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Prevyu: «So‘g‘diyona» - «Metallurg»

Prevyu: «So‘g‘diyona» - «Metallurg»

Baho:
+ | -

«Metallurg» va «So‘g‘diyona» jamoalari bugungacha kuchlilar safida o‘zaro 42 ta o‘yin o‘tkazgan: 18 ta uchrashuvda jizzaxliklar, 16 tasida bekobodliklar zafar quchgan. 8 ta uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 58:53, «So‘g‘diyona» foydasiga.

Mazkur jamoalar o‘rtasida qayd etilgan eng yirik hisob – 4:0. «So‘g‘diyona» 2001 yilda o‘z maydonida ham, safarda ham bir martadan shunday hisobda zafar quchgan. Eng gollarga boy o‘yin 2014 yili Zominda bo‘lgan uchrashuvda kuzatilgan. Unda darvozalarga to‘qqizta to‘p kiritilgan – 5:4.

Ushbu jamoalarning Jizzaxda o‘tkazilgan so‘nggi beshta uchrashuvi:

01.05.2022. «So‘g‘diyona» - «Metallurg» 2:0
26.09.2021. «So‘g‘diyona» - «Metallurg» 2:0
03.11.2020. «So‘g‘diyona» - «Metallurg» 0:0
21.04.2019. «So‘g‘diyona» - «Metallurg» 2:1
09.07.2018. «So‘g‘diyona» - «Metallurg» 0:1

«So‘g‘diyona» haqida

«So‘g‘diyona» futbol klubiga 1970 yilda asos solingan. Dastlabki yillarda DSK (Ko‘ngilli sport klubi) nomi bilan yuritilgan. 1973-75 yillarda – «Mehnat», 1975 yilda – «Jizzax», 1976-77 yillarda – «Irrigator», 1978-81 yillarda – «Bo‘ston», 1982-85 yillarda – «Zvezda», 1986-89 yillarda – «Yoshlik» nomlari ostida musobaqalarda qatnashib kelgan. 1990 yildan «So‘g‘diyona» nomini olgan jamoa ikki marta sovrindor bo‘lgan: 1992 yil – bronza medali, 2020 yil – kumush medal. To‘rt marta jamoa kuchlilar safini tark etgan. Jamoaning bitta mavsumda eng ko‘p gol kiritgan o‘yinchisi Aleksey Jdanov – 18 ta gol (1998).

2022 yilda «So‘g‘diyona» birinchi marta xalqaro maydonda mamlakatimiz sharafini himoya etdi. OFK kubogida jizzaxliklar mintaqaviy finalga chiqishdi.

«So‘g‘diyona» kuchlilar safida bugungacha 800 ta uchrashuv o‘tkazgan: 274 ta g‘alaba, 153 ta durang, 373 ta mag‘lubiyat. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar nisbati: 1003:1271. Jamoaning milliy chempionatlarimizdagi eng yirik g‘alabasi – 10:0 (1992 yil –«Surxon»). Eng yirik mag‘lubiyati esa – 1:8 (2000 – «Do‘stlik»), 0:7 (1996 – «Navbahor», 2009 – «Neftchi», 2015 – «Lokomotiv»).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 11:50, 07.04.2023.
O'qildi: 1074 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.