Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol - Port
14/10 15:00 Vissel Kobe - Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib - Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf - Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra - Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK - Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq - Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun - Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy - An-Nahda

"Tenerife" jamoasi "Real"ni ikki marta chempionlikdan mahrum qilganini bilasizmi?

"Tenerife" jamoasi "Real"ni ikki marta chempionlikdan mahrum qilganini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Ispaniyadagi chempionlik poygasi haqida nimalarni bilamiz? Asosan, bu "Real" va "Barselona" o‘rtasidagi an’anaviy qarama-qarshilik. Kamdan-kam hollarda chempionlik poygasining darajasi oshib bormoqda va chempionlik taqdirini faqat bitta o‘yin hal qilib qo‘yishi mumkin. Bugun biz kamtarin "Tenerife" qanday qilib "Real"ni La Liga chempionligidan mahrum qilgani haqida fikr yuritamiz.

1991-1992 yilgi mavsumda "qaymoqranglilar" yettinchi turda birinchi o‘ringa ko‘tarilib, mavsum davomida nafaqat sermahsul futbol namoyish etishdi, balki, himoyada ham yaxshi o‘yin ko‘rsatib, turnir jadvalini boshqarib borishdi. Ammo, mavsum yakuniga yetib borayotgan pallada madridliklar ochko tarqatishni boshlashadi. Shu bilan birga, Yoxan Kroyff boshchiligidagi "Barselona" dastlabki 5 turda 3 marta mag‘lub bo‘ldi, keyin esa o‘z o‘yinini topib, sekin-asta ikkinchi o‘rinni mustahkamlab oldi va "Real" bilan oradagi farqni minimal darajaga tushirdi.

Oxirgi turda madridliklar birinchi o‘rinni egallab, "Barselona"dan atigi 1 ochkoga ("Real" 54 va "Barselona" esa 53 ochkoga ega edi, o‘sha paytda g‘alaba uchun 2 ochko berilgan) oldinda edi. O‘zaro uchrashuvlarda ham tenglik edi - 1:1, 1:1, to‘p farqi "qaymoqranlilar" foydasiga edi. "Real" so‘nggi turda turnir jadval o‘rtasida turgan va hech qanday sovringa da’vo qilmagan kamtarona "Tenerife" ustidan g‘alaba qozonishi kerak edi.

"Qirollik klubi" 8-daqiqada hisobni ochdi, keyin esa ikkinchi golni kiritdi va birinchi bo‘lim oxirida o‘tkazib yuborilgan golga qaramay, "Real" butun o‘yin davomida ustunlik qildi. "Barselona" o‘z navbatida "Atletik" (Bilbao)ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi, shuning uchun "Real"dan hech bo‘lmaganda gol o‘tkazib yubormaslik talab qilindi, ammo madridliklar bu vazifani uddalay olishmadi. 77-daqiqada “qaymoqranglilar” himoyachisi Rikardo Rosha raqib futbolchisining uzatmasidan so‘ng avtogol muallifiga aylandi, oradan bir daqiqa o‘tib afsonaviy sardor Manolo Sanchis "Tenerife" futbolchilarining bosimi ostida darvozabonga muvaffaqiyatsiz uzatma berdi, kutilmaganda berilgan zarbadan keyin to‘p chamasi 40 metrga uchib ketdi va darvoza to‘siniga tegib qaytgandan so‘ng, "Tenerife" klubining hujumkor o‘yinchisi to‘pni bo‘sh darvozaga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Yakunda "Real" 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

"Barselona" g‘alabani nishonladi, madridliklarning esa hafsalasi pir bo‘ldi. G‘alaba madridliklarning qo‘lida edi, ammo o‘yin taqdirini ikkita qiziq vaziyat hal qildi. Hammasi bunday yakunlanishini hech kim kutmagandi...

1992-1993 yilgi mavsumda "Barselona" mavsumning katta qismida birinchi va ikkinchi o‘rinda yurdi. "Real" mavsumni yaxshi boshlay olmadi, ammo keyinroq o‘z o‘yinini topib, mavsumning qolgan qismini uchinchi va ikkinchi o‘rinlar oralig‘ida o‘tkazdi. 35-turda "qaymoqranglilar" butun mavsum davomida birinchi marta birinchi pog‘onani egalladi, "Barselona" ikkinchi pog‘onaga tushib ketdi.

Mana syurpriz! "Real" raqibi - "Tenerife". Bu safar ham safarda o‘ynaydi.

"Qaymoqranglilar" birinchi bo‘limda ikkita gol o‘tkazib yuborib, orolliklarga 0:2 hisobida yutqazgan bo‘lsa, "Barselona" "Real Sosyedad"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Kataloniyaliklar yana chempion, Madridda esa qayg‘u yana.

Shu tariqa, "Real" o‘z tarixida ikki marta "Tenerife" jamoasiga hal qiluvchi pallada mag‘lub bo‘lib, chempionlikdan mahrum bo‘lgandi.

Kiritildi: 16:56, 07.04.2023.
O'qildi: 3474 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик