Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Baxtiyor Ashurmatov: "Vaziyatni o‘nglashga qurbimiz yetadi"

Baxtiyor Ashurmatov: "Vaziyatni o‘nglashga qurbimiz yetadi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 5-turi doirasida o‘z maydonida “Olimpik” klubiga minimal hisobda imkoniyatni boy bergan “Turon” klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov raqibning kuchi, vaziyatni o‘nglashga jamoasining kuchi etishi, omad va muxlislar haqida gapirdi.

“Ochig‘ini aytishim kerak, “Olimpik” bizdan ko‘ra shakllanganroq jamoa ekani ko‘rinib turibdi. Bizga shunchaki omad yetishmayapti. Darvoza to‘siniga to‘p tegishi, imkoniyatlar yaratib ulardan foydalana olmaslik – omad kelmayotgani bilan izohlash mumkin. Juda qiyin vaziyatga tushib qoldik. Ammo, bu vaziyatdan chiqib ketish uchun jamoamning kuchi va qurbi etadi. Jamoadagi futbolchilarning darajasiga ishonaman.

Aytganimdek, raqib bizdan ko‘ra shakllangan jamoa. Shuni hisobga olib o‘yinni bir hujumchi bilan boshladik. Ammo, uyimizda faqat durang uchun o‘ynash noto‘g‘ri ekanligini anglab ikkinchi taymni boshqacha boshladik. Shunday bo‘lsada, imkoniyatlardan foydalana olmadik va gol o‘tkazib yubordik. Qaytarib aytaman, bu tarkib bilan bundanda yaxshiroq o‘ynashimiz va vaziyatni o‘nglashimiz kerak. Bunga ishonaman. Tarkib yomon emas va bundan ham yaxshiroq o‘ynay olamiz.

Turnir jadvalidagi hozirgi o‘rnimiz bizga yarashmaydigan o‘rin. Buni to‘liq anglab turibmiz va vaziyatni o‘nglash uchun qo‘limizdan kelganicha astoydil ishlaymiz. Aniq aytishim mumkinki, murabbiylar shtabi chin yurakdan ishlayapti. Biz ham muxlislarni xursand qilishni, g‘alaba qozonib vaziyatni o‘nglashni istaymiz. Rahbariyat bizga barcha sharoitlarni yaratib berayapti. Ammo, natija yaxshi emas. Ularni ham tushunib turibman. Har qanday qarorga to‘g‘ri yondashamiz. Jamoa qiyin holatdan chiqib ketishiga ishonaman.

Shu o‘rinda jamoamiz muxlislaridan minnatdorman. Muxlislari bundan ko‘p bo‘lgan jamoalarda ishlaganman. Stadioniga bundan ko‘p odam kiradigan klublarda ham bunday muxlislar deyarli yo‘q. Ular o‘yindan keyin xatto kiyim almashtirish xonasigacha kirib futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashayapti va dalda berishayapti. Ularga rahmat”,- deydi murabbiy.

Kiritildi: 21:43, 07.04.2023.
O'qildi: 1154 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.