Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Levchenko: «So‘nggi daqiqalargacha sabr qildik va haqli g‘alabaga erishdik»

Levchenko: «So‘nggi daqiqalargacha sabr qildik va haqli g‘alabaga erishdik»

Baho:
+ | -

Superliga 5-turi doirasida «Andijon»ni mag‘lub etgan «Neftchi» bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko g‘alaba siri, To‘xtasinovning chetlatilishi, Kubok o‘yinlariga rejalar va jamoa g‘alabani kimga bag‘ishlagani haqida gapirdi.

«Golgacha va goldan keyin boshqa-boshqa o‘yin guvohi bo‘ldik. Maydonda kamchilik bo‘lib qolgach, raqibda ancha imkoniyatlar bo‘ldi, ammo darvozabonimizga rahmat aytaman. Bugun bizni ko‘p qutqardi. So‘nggi daqiqalargacha sabr qildik va haqli g‘alabaga erishdik.

«Chetlatish menimcha ehtiros bilan bog‘liq. Birinchi bo‘limda ogohlantirilganlarga ikkinchi bo‘limda ehtiyotroq bo‘lib o‘ynashlarini uqtirgan edik. Ammo, To‘xtasinov aynan ehtiroslarga berilib ketganidanmi, kerak bo‘lmagan joyda qo‘pollik ishlatdi va maydondan chetlatildi».

«Kubok bahslarida albatta rotasiya qilamiz. Busiz ilojimiz yo‘q. Tig‘iz taqvim va futbolchilarning holatidan kelib chiqib, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan futbolchilarga imkon berishga harakat qilamiz. Bizda ikkita bir xil tarkib bor. Ularning barchasiga imkon berish haqida o‘ylaymiz».

«Bugungi g‘alabamizni albatta bizni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizga bag‘ishlaymiz. Biz esa o‘z navbatida jamoaning avvalgi mavqeini tiklash va jamoaning hozirgi egallab turgan o‘rni tasodif emasligini ko‘rsatishga harakat qilamiz», - dedi Levchenko.

Kiritildi: 00:05, 09.04.2023.
O'qildi: 1025 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик