"Chelsi" ikki futbolchisidan ayriladi. Xabarlarga ko‘ra, yozda London klubining ikkita tarbiyalanuvchisi Konor Gallaxer hamda Kallum Xadson-Odoilar "aristokratlar" safini tark etishi kutilmoqda.
Bu haqida jurnalist Din Jons aytib o‘tdi. Ayni damda Xadson-Odoi "Bayer Leverkuzen" safida ijarada harakat qilmoqda. Gallaxer esa "Chelsi"ning asosiy tarkib futbolchisi sanaladi.