Kecha Angliya Premyer-ligasi doirasidagi “Manchester Siti” – “Sautgempton” uchrashuvida “shaharliklar” hujumchisi Erling Xoland ikkita gol urdi. Shu tariqa, norvegiyalik hujumchi milliy chempionatning joriy mavsumidagi 30-golini urdi.
E’tiborlisi, 22 yoshli skandinaviyalik to‘purar APLda Londonning "Chelsi"sidan ko‘proq gol urgan. “Aristokratlar” hisobida 29 ta gol bor.
“Sautgempton” – “Manchester Siti” uchrashuvi Xosep Gvardiola shogirdlarining 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
29 turdan keyin “shaharliklar” 67 ochko jamg‘arib, peshqadam London “Arsenal”idan 5 ochko ortda qolmoqda.