Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

"Arsenal" va "Liverpul" tarkibidan tuzilgan ramziy terma jamoa: London klubi bu yerda ham dominantlikka ega

"Arsenal" va "Liverpul" tarkibidan tuzilgan ramziy terma jamoa: London klubi bu yerda ham dominantlikka ega

Baho:
+ | -

Kitobi bo‘yicha, bugungi o‘yinni "Arsenal" qiyinchiliklarsiz yutishi kerak. Afsuski, futbol qog‘ozda o‘ynalmaydi. "Enfild" doimo "ENFILD" bo‘lib kelgan. To‘pchilar esa bu sinovdan o‘tishga majbur. Quyida bugungi juflik futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa bilan tanishasiz.

Darvozabon: Alisson Beker (LIV)

Braziliyalik posbon joriy mavsumda APLning eng yaxshi darvozabonlari qatorida turibdi. Ramzdeyl ham bu borada yomon emas. Lekin Alisson allaqachon boshqa darajaga chiqib ulgurgan. Shu sabab, aynan u kuchlilar qatorida turibdi.

O‘ng qanot himoya: Ben Uayt (ARS)

Jon Barns Uayt haqida: "U Trentga o‘xshamaydi" degan edi. Haqiqatdan ham shunday. Uayt bu mavsumda o‘z sherigidan ko‘ra yaxshi harakat qilmoqda. Yuklatilgan vazifani uddalash borasida Aleksander-Arnolddan ko‘ra Uayt ustun turadi.

Chap qanot himoya: Oleksandr Zinchenko (ARS)

Robertson va Zinchenko orasida kimni tanlagan bo‘lar edingiz? Ayniqsa, bu mavsumni hisobga olib gapirganda, shotlandiyalik futbolchiga hech qanday "non" qolmaydi. Ukraina terma jamoasi sardori bo‘lgan Zinchenkoda esa "Arsenal"dagi ko‘plab muvaffaqiyatli o‘yinlar bor.

Markaziy himoyachi: Virjil van Deyk (LIV)

Van Deyk bu mavsumda o‘ziga o‘xshamayapti. 31 yoshli futbolchi tizzasidan jarohat olganidan keyin, shu ahvolga tushdi. Shunga qaramay, niderlandiyalik himoyachi Rob Xoldingdan ustun turadi. Afsuski, Vilyam Saliba safda emas. Shu sababdan Virjil birinchi o‘ringa olindi.

Markaziy himoyachi: Gabriel (ARS)

Bu mavsumda Gabriel APLdagi eng yaxshi himoyachi bo‘lib turibdi. Braziliyalik, Saliba bilan tandemda ajoyib o‘yin namoyish etmoqda. Hujumda ham Gabrielning statistikasi Konatenikidan ustunlik qiladi. Umuman, hozir "Arsenal" o‘yinchilari boshqa darajada.

Tayanch yarim himoya: Tomas Parti (ARS)

Parti "Arsenal"ning eng muhim figurasi hisoblanadi. U maydonda bo‘lmagan paytda Arteta jamoasi nisbatan sifatsiz o‘yin ko‘rsatadi. "Liverpul"dagi Fabinyo esa Parti bilan bellasha olmaydi. Harxolda, bu mavsumda shunday.

Yarim himoya: Martin Edegor (ARS)

"Arsenal" sardori joriy mavsumda hammani hayron qoldirdi. Biz Edegorning yaxshi darajaga ega ekanini bilardik. Ammo unda bunchlik klass borligi, hayolimizga ham kelmagan. To‘p bilan muomala va uzatmalarda, norvegiyalikning O‘zilga qiyoslanayotgani ham bejiz emas, aslida. Usiz "Arsenal" hozirgi o‘rnida bo‘lmagan bo‘lardi.

Yarim himoyachi: Granit Jaka (ARS)

Ushbu o‘rinda Jaka bilan Alkantara raqobat qila olardi. Ammo Tiagoning jarohati bunga imkon bermadi. Jaka esa "Arsenal"da qaytadan o‘zligini topdi. Ikki yil oldin ko‘plab muxlislar uni sotishni so‘ragan edi. Ammo Mikel Arteta Jakani olib qolib, maydondagi pozisiyasini o‘zgartirdi. Natijani esa o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Shveysariya terma jamoasi a’zosi o‘z klubiga muvozanat taqdim etib kelmoqda.

O‘ng qanot hujum: Muhammad Saloh (LIV)

Ushbu terma jamoadagi uchinchi va so‘nggi mersisaydliklar vakili bu Muhammad Salohdir. Misrlik hujumchi 2022-23 yilda 23 ta gol va 11 ta assistga mualliflik qildi. Ammo APLdagi gollar borasida Saloh maqtana olmaydi. 2017 yildan beri u "Liverpul" bilan yutish mumkin bo‘lgan hamma sovringa erishdi.

Chap qanot hujum: Bukayo Saka

Qo‘rqmanglar! Albatta, Sakasiz ish bitmaydi. Ayniqsa, bu mavsumda. Saloh o‘ng qanot hujumchisi hisoblanadi. Saka esa undan farqli ravishda har ikki qanotda yaxshi harakat qila oladi. Shuningdek, ingliz yulduzi qanot himoyachisi roliga ham ega. Saka joriy mavsumda 10 ta gol va 10 ta assistga erishgan ilk futbolchiga aylandi. Agarda "Arsenal" chempion bo‘lsa, u holda Angliyaning yil futbolchisi nomi, shubhasiz, Sakaga beriladi. U yoqda Xoland 40 ta gol urmaydimi, foydasi yo‘q...

Hujumchi: Gabriel Jezus

Jezus hujumchi sifatida ro‘yxatga kirdi. Negaki, unga raqobatchi bo‘lgan Darvin Nunyes va Kodi Gakpo bu mavsumda ancha beqaror o‘yin namoyish etmoqda. Jezusning nimalarga qodir ekanini esa butun dunyo biladi. U "shaharliklar" safida 4 marta Angliya chempioniga aylanib ulgurgan.

Braziliyalikning maydondagi mehnatkashligi, moslashuvchanligi va taktik kuchi, tahsinga loyiq. Uning ta’siri bilan "Arsenal" chempionlikka juda ham yaqin turibdi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 17:04, 09.04.2023.
O'qildi: 2193 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.