Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Mirjalol Qosimov: Turning eng chiroyli o‘yiniga guvoh bo‘ldik

Mirjalol Qosimov: Turning eng chiroyli o‘yiniga guvoh bo‘ldik

Baho:
+ | -

Superliga 5-turidan o‘rin olgan OKMK – “Navbahor” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bir-biriga munosib bo‘lgan ikki jamoa to‘qnash keldi. O‘tgan mavsum Olmaliqda o‘tgan bahsda ham jamoalar kurashlarga boy, tezkor, qiziqarli va ochiq futbol namoyish etishgan edi. Ikkinchi bo‘limda nisbatan yaxshi harakat qildik. Penaltidan o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng ishtiyoqimiz yanada oshdi. Men “Nasaf” – “Surxon” uchrashuvi qanday o‘tganligini bilmayman, ammo bugun turning eng chiroyli o‘yiniga guvoh bo‘ldik.

Tursunov va Ismoilov kabi tajribali futbolchilar biz uchun juda ham muhim. Tajriba yillar davomida to‘planadi va ko‘ryapmizki, ayrim vaziyatlarda yoshlardan ham yaxshi harakat qilishmoqda. Hasanov ham “So‘g‘diyona” yaxshi o‘yinlar ko‘rsatib kelmoqda. Yevropadan ham ko‘plab misollar keltirish mumkin.

Begimov va tunislik futbolchiga kam imkoniyat berilyapti? Superligada eng ko‘p rotasiyaga qo‘l uradigan murabbiy men bo‘lsam kerak. Mavsum endi boshlandi va hali oldinda o‘yinlar juda ham ko‘p. Payti kelganda ular ham maydonga tushib, jamoaga yordam berishadi.

Mirjamol Qosimov hamda Vitaliy Denisov mashg‘ulotlarga endigina qaytishdi. To‘liq sog‘ayib, jismonan tayyor bo‘lsalar, ular ham albatta maydonga tushadi”, – dedi Qosimov.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 21:32, 09.04.2023.
O'qildi: 1714 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик