Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Kin Robertsonning vaziyatiga munosabat bildirdi

Kin Robertsonning vaziyatiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Roy Kin «Arsenal»ga qarshi o‘yinda Endryu Robertson va laynsmen bilan bo‘lgan epizod haqida fikr bildirdi.

APLning 30-turidan o‘rin olgan «Liverpul» – «Arsenal» (2:2) uchrashuvining tanaffus vaqtida Robertson yon hakam Konstantinos Xatzidakisga oldiga yaqinlashib, nimadir haqida gapira boshladi.

Laynsmen «Liverpul» himoyachisining yuziga tirsagi bilan urib yubordi. Futbolchilar hakam Pol Tirnini o‘rab olib, voqeaga e’tibor qaratishdi va Robertson g‘azablangani uchun sariq kartochka oldi.

Kinning so‘zlariga ko‘ra, Robertson birinchi bo‘lib hakamning qo‘lidan ushlab olgan.

«Men hali bunaqasini ko‘rmadim. Lekin Robertson... U birinchi bo‘lib laynsmenni ushlab turmadimi? Aniq emas; ishonchim komil emas. Ammo Robertson shikoyat qildi. U ko‘proq himoyadagi o‘yin haqida qayg‘urishi kerak edi.

Men Robertsonni bir necha bor kuzatganman va u katta boladek harakat qilmoqda. Faqat o‘ynashda davom etishi kerak va asosiy e’tiborni himoyaviy o‘yinga qaratsin.

U haqiqatan ham birinchi bo‘lib laynsmenni ushlab oldi», - dedi «Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi.

Kiritildi: 02:23, 10.04.2023.
O'qildi: 1159 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.