Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

UYEFA klublarga sovrin pullari tarqatdi: kimga eng ko‘p ulush tegdi?

UYEFA klublarga sovrin pullari tarqatdi: kimga eng ko‘p ulush tegdi?

Baho:
+ | -

Associated Press xabariga ko‘ra, «Real Madrid» 2022 yilgi UYEFA reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

2022 yilda Chempionlar ligasi va Superkubogini qo‘lga kiritgan madridliklar tashkilotdan 134 million yevro oldi.

Bu summaga turnirda qatnashish uchun asosiy to‘lov, natijalar uchun bonus va Ispaniyadagi OAV huquqlari uchun to‘lov kiradi.

Reytingda ikkinchi o‘rinni Chempionlar ligasining yana bir finalchisi – «Liverpul» egalladi. Mersisaydliklar 120 million yevro olishdi.«Bavariya» (110 million yevro) va «Manchester Siti» (109 million yevro) ham 100 million yevrodan ortiq daromad olishgan.

Chempionlar ligasi guruh bosqichi ishtirokchilari o‘rtacha hisobda 61,8 million yevro ishlab olgan bo‘lsa, eng kam summani Moldaviyaning «Sherif»i olgan — 23,7 million yevro.

Yevropa Ligasida o‘tgan yilgi musobaqa g‘olibi Germaniyaning «Ayntraxt» klubi 38 million yevro ishlab oldi.

Ayni vaqtda Konferensiyalar ligasi g‘olibiga aylangan «Roma» esa 19,2 million yevro ishlab oldi.

Kiritildi: 02:40, 10.04.2023.
O'qildi: 7097 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик