Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Galtye onasini haqoratlagan "Nissa" muxlislarining harakatlariga munosabat bildirdi (foto)

Galtye onasini haqoratlagan "Nissa" muxlislarining harakatlariga munosabat bildirdi (foto)

Baho:
+ | -

"PSJ" klubi bosh murabbiyi Kristof Galtye Parij "Nissa" bilan o‘yinda onasiga nisbatan haqorat yozilgan banner osgan raqib muxlislarining xatti-harakatlaridan noroziligini bildirdi.

"Nega men bunday munosabatda bo‘ldim? Bannerni ko‘rdingizmi? Eshitganmisiz? Onam 83 yoshda, u saraton kasalligidan davolanmoqda. Tamom. O‘tgan mavsumda qilgan mehnatim tufayli "Nissa" muxlislari bu yil yevrokuboklar o‘yinlarini tomosha qilishlari mumkin", - dedi Galtye Get Football News France bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, "Nissa" bilan o‘yindan so‘ng Galtye tribunaga yaqinlashib, "Nissa" muxlislarini kinoya bilan olqishlagandi.

Fransiyalik mutaxassis o‘tgan mavsumda "Nissa" bosh murabbiyi bo‘lgandi. Uning rahbarligida klub Liga 1da beshinchi o‘rinni egalladi va UYEFA Konferensiyalar Ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 09:06, 10.04.2023.
O'qildi: 1555 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик