Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Xoland o‘tgan yilning yozida "Bavariya"ga o‘tishga yaqin kelgani ma’lum bo‘ldi

Xoland o‘tgan yilning yozida "Bavariya"ga o‘tishga yaqin kelgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland bir yil oldin "Bavariya"ni tanlashi mumkin edi.

Jurnalist Georg Xolsnerning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, "qizil mashina" norvegiyalik hujumchiga yiliga 35 million yevro taklif qilishga tayyor edi. Yakunda "Manchester Siti" myunxenliklar taklifini to‘xtatdi va Erling Xosep Gvardiola jamoasiga o‘tdi.

Xoland bugun Chempionlar ligasi chorak finalining birinchi o‘yinida "Bavariya"ga qarshi bahs olib boradi. Norvegiyalik futbolchi Germaniyadagi faoliyati davomida Dortmundning “Borussiya” jamoasi tarkibida Myunxen klubiga 7 ta o‘yinda 5 ta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, Xoland joriy mavsumda barcha turnirlarda 44 ta gol urgan. Futbolchi Premyer-liga va Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.

Kiritildi: 12:28, 11.04.2023.
O'qildi: 1003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик