Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

APL. Turnirning yangi mavsumi haqida barcha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ling!

APL. Turnirning yangi mavsumi haqida barcha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ling!

Baho:
+-1 | -

Angliya Premyer-ligasi dunyoning eng kuchli chempionati sanaladi. Turnirning yangi, 2023-24 yilgi mavsumi bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarga aniqlik kiritildi. Quyida sizga kerak bo‘lgan, eng asosiy sanalar taqdim etiladi. Ingliz futboli 125 yildan beri doimiy ichki chempionat ko‘rinishida mavjud bo‘lib kelmoqda. Eng qadimiy musobaqaning yangi mavsumi qanday kechishi hammaga qiziq bo‘lsa kerak. Unday bo‘lsa, umumiy ma’lumotlarga ega bo‘ling.

2023-24 yilgi mavsum qachon boshlanadi?

APLning 32 mavsumi 2023 yilning 12 avgustida start olishi belgilab qo‘yilgan. Joriy mavsum 28 may, yakshanba kuni yakuniga yetadi. Oradan 76 kun o‘tib, yana qaytadan startni guvohi bo‘lishimiz mumkin. Esingizda bo‘lsa, 2020 yili koronavirus bilan bo‘liq vaziyat sababli turnir yozda davom ettirilgandi. O‘shanda jamoalar mavsumlar oralig‘ida atigi 48 kun dam olgan. O‘sha yildan boshqa hech bir mavsum bu safargisi qadar qisqa tanaffusga ega bo‘lmagan. Yozda Avstraliya va Yangi Zelandiyada ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqaning chorak-finallari aynan 12 avgust, APL start oladigan kuni o‘tkaziladi.

2023-24 yilgi APL mavsumning tugash sanasi qachon?

APLning yangi mavsumida ham so‘nggi tur odatdagiday tartibda tugatiladi. Ya’ni, oxirgi tur bahslari bir vaqtda start olishi belgilangan. Shunday qilib, 38 tur 2024 yilning 19 may sanasida bo‘lib o‘tadi. Bunga qilinishining asosiy sababi, jamoalar natijalarini oldindan kelishib olishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Shuni ham eslatib o‘tish joizki, Germaniyada o‘tkaziladigan 2024 yilgi Yevropa chempionati APL tugaganidan keyin, atigi 26 kun o‘tib boshlanadi. 14 iyundan ko‘hna qit’ada yana bayram avj oladi.

APLda mavsum orasidagi tanaffuslar qachon yuz beradi?

APL yangi mavsumda bo‘ladigan mavsum orasidagi tanaffuslarga ham oydinlik kiritgan. Unga ko‘ra, boksing deydan keyin 13 yanvardan 20 yanvarga qadar jamoalar dam olishadi. "MYU" ustozi Erik ten Xag bundan xabar topib, mavsumning o‘ta zichligi va tanaffusning kamligini tanqid ostiga olgandi. Ammo bu hech narsani o‘zgartirmaydi.

Mavsum davomida xalqaro tanaffuslarning o‘rni qayerda?

Jahon chempionati, oxirgisi kabi mavsum o‘rtasida bo‘lmagan paytlarda, saralash turnirlari mavsum davomida o‘tkaziladi. Qoidaga ko‘ra, bir mavsumda to‘rt marta xalqaro tanaffuslarga ruxsat beriladi. Shulardan birinchisi, mavsum startidan ko‘p o‘tmay, kuzda yuz beradi. Demak, bu borada tasdiqlangan start-sanalar quyidagicha:

1. 2023 yil 9 sentyabr;
2. 2023 yil 14 oktyabr;
3. 2023 yil 18 noyabr;
4. 2024 yil 23 mart.


2023-24 yilgi mavsumning uchrashuvlar vaqtlari qachon e’lon qilinadi?

Premyer-ligadagilar bu borada allaqachon ishni boshlab yuborgan. Xabarlarga ko‘ra, barcha hisob-kitoblar iyungacha tugatiladi. Shunday qilib, rasmiy vaqtlar 2023 yil 14 iyun kuni, London vaqti bilan 9:00da ma’lum qilinadi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 12:38, 12.04.2023.
O'qildi: 2254 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.