Kirish Ro'yxatdan o'tish

Reshford "Sevilya" bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi

Reshford "Sevilya" bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" Yevropa ligasi 1/4 finalining "Sevilya"ga qarshi birinchi o‘yinida hujumchi Markus Reshfordning xizmatlaridan foydalana olmaydi. Mankunianliklarning hujum chizig‘i yetakchisi mushaklari shikastlangani uchun uchrashuvni o‘tkazib yuboradi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, Reshford andalusiyaliklar bilan uchrashuvdan tashqari yana bir nechta uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.

Birinchi o‘yin Sevilyadagi "Ramon Sanches Pizxuan" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Yevropa ligasining joriy mavsumida hujumchi sakkizta o‘yin o‘tkazib, oltita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:45, 12.04.2023.
O'qildi: 1156 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик