Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

YECHL. Ronaldu bu borada Messidan ikki qadam oldinda

YECHL. Ronaldu bu borada Messidan ikki qadam oldinda

Baho:
+ | -

Yevropa futbolidagi eng saviyali turnir Yevropa Chempionlar ligasi hisoblanadi. Ushbu musobaqada "Barselona", "Manchester Yunayted" va "Real" kabi klublar futbolchilari ko‘plab golga mualliflik qilgan. Assistlar borasida ham ayni gapni aytish mumkin. Ko‘pchilik, futboldagi eng qiyin narsa gol urish deydi. Ammo gollarni yaratish ham oson ish emas aslida. Quyida jahon darajasidagi futbolchilarning assistlar borasida YECHLda qayd etgan natijalari bilan tanishasiz.

10. Luis Suares – 26 ta uzatma

Urugvaylik hujumchi o‘zining yuqori sport-formasida hamma narsaga qodir edi. Suares nafaqat gol urish borasida, balki assistlarda ham yaxshi natijalarga ega. Futbolchining YECHLdagi faoliyati bunga isbot bo‘la oladi. 2014-15 yilgi mavsum Suares uchun chempionlik bilan tugaydi.

9. Tomas Myuller – 28 ta uzatma

Nemis hujumchisi barqarorlikning yorqin namunasi sanaladi. 15 mavsum davomida "Bavariya" safida harakat qilib kelayotgan futbolchi, YECHLda 28 ta assistga erishadi. Myullerning eng yorqin dami YECHLda "Barselona" 8-2 hisobida taslim etilgan davri edi. O‘sha o‘yinda birgina Myullerning o‘zi 3 ta assistga mualliflik qilgandi.

8. Andreas Inyesta – 29 ta uzatma

Ispaniya afsonasi o‘zi qatnashgan YECHL finallarining hammasida g‘alabaga erishgan (4 ta). Inyesta barcha davrlarning eng yaxshi yarim himoyachisi sifatida e’tirof etiladi. O‘z futbolchilik davrida Inyesta birgina uzatma bilan imkoniyatlar hosil qilish xususiyati bilan ajralib turardi.

7. Karim Benzema – 29 ta uzatma

Fransuz hujumchisi xuddi vinoga o‘xshaydi. U vaqt o‘tgani sari faqatgina yaxshilanib bormoqda. O‘z davrida u Ronaldu va Beyl soyasida edi. Ammo uning katta mehnatlari zoye’ ketmadi. "Oltin to‘p"ga erishgan hujumchi, YECHL tarixiga o‘z nomini abadiy muhrladi.

6. Xavi Ernandes – 30 ta assist

"Barselona"ning yuragi Xavi bo‘lgan davrlar, katalon klubining benefisi bilan yodga olinadi. Ayni damda o‘z sevimli jamoasini boshqarayotgan afsona, YECHL tarixida 30 ta assistga mualliflik qilgan.

5. Rayan Giggz – 30 ta uzatma

Uelslik afsonaviy futbolchi "Manchester Yunayted"ga 1990-2014 yillar davomida xizmat qiladi. Giggz yillar davomida futbol trendiga moslasha bordi. Uning harakatlari bilan "MYU" ikki bor Yevropada tengsiz deb topilgan.

4. Neymar – 33 ta uzatma

YECHL tarixida eng yorqin yulduzlardan biri, shubhasiz, Neymardir. 2015 yilgi "Barselona"ning g‘alabasida Neymar beqiyos rol o‘ynagan edi. 2020 yilda esa "PSJ" aynan braziliyalikning sa’y-harakatlari bilan finalgacha yetib boradi. Shuni ham eslatib o‘tish kerakki, Neymar bu ro‘yxatdagi eng yosh vakildir. U 31 yoshida 33 ta assistga muallif bo‘ldi.

3. Anxel Di Mariya – 38 ta uzatma

Neymar kabi Di Mariya ham YECHLda faqatgina bir marta zafar quchgan. Ammo uning bu yerda o‘ziga yarasha o‘rni bor. Argentinalik hujumchi 2014 yilgi "Real"ning g‘alabasida YECHL finalining eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovar bo‘ladi. Anxelning chap oyog‘i uning eng muhim qurolidir.

2. Lionel Messi – 40 ta uzatma

Barcha davrlarning eng yaxshi pleymeykeri bu ro‘yxatda hozirchalik ikkinchi o‘rinda qayd etiladi. Messining YECHL yo‘li 129 ta gol va 40 ta assist bilan xarakterlanadi. Xususan, argentinalik futbolchining 2011 yilgi finalda "MYU"ga qarshi ko‘rsatgan o‘yini butun dunyoning aqlini shoshirgandi. Ayni damda ham faol bo‘lgan Messi, ushbu statistikasini yanada yaxshilashga harakat qiladi.

1. Krishtianu Ronaldu – 42 ta uzatma

Ronaldu bo‘lmay, yana kim ham bo‘lardi? Protugaliyalik hujumchi dunyoga eng yaxshi to‘purar sifatida mashhur. Ammo uning yaratuvchanlik qobiliyati ham yomon emas, aslini olganda. YECHL tarixidagi eng ko‘p gol, eng ko‘p assist va eng ko‘p sovrin yutgan futbolchi – bu Ronaldu. Shunday ekan, 37 yoshli afsona bu borada qirol!

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 16:00, 12.04.2023.
O'qildi: 4391 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.