Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Ten Xag Bellingemning JCH-2022dagi o‘yinidan hayratda qolgan

Ten Xag Bellingemning JCH-2022dagi o‘yinidan hayratda qolgan

Baho:
+ | -

Erik ten Xag Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Jud Bellingemning ko‘rsatgan o‘yinidan hayratda qolgan.

Manchester Evening News xabariga ko‘ra, jahon chempionatidan so‘ng "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi o‘z atrofidagilarga dunyoning istalgan futbolchisini qo‘lga kirita olsa, Bellingemni tanlashini aytgan.

Klub vakillari ham "Borussiya" yarim himoyachisining o‘yinidan qoyil qolishmoqda va uni "Pol Pogbaning merosxo‘ri" sifatida ko‘rishmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ten Xag "Borussiya Dortmund"ning joriy mavsumdagi o‘yinlarini kuzatgan va Bellingemning ajoyib salohiyatini qayd etgan, biroq u Angliyadan farqli o‘laroq, Bellingem Dortmund "Borussiya"sida o‘ynaganida har doim ham eng yaxshi o‘yin ko‘rsatmasligini payqagan.

Oldinroq, Bellingemga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Boshqa da’vogarlar orasida "Manchester Siti", "PSJ", "Real" va "Chelsi" ham bor.

Kiritildi: 22:17, 12.04.2023.
O'qildi: 1197 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.