Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ulug‘bek Baqoyev: «Bir qator yoshlarni sinovdan o‘tkazib oldim»

Ulug‘bek Baqoyev: «Bir qator yoshlarni sinovdan o‘tkazib oldim»

Baho:
+ | -

«Buxoro» klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 1-turi doirasida «Turon»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (1:1) borasida o‘z fikrin bildirib o‘tdi.

«Bugungi uchrashuv kubok o‘yini edi, yaxshi tomoni shuki, bir qator yosh futbolchilarni sinash uchun ajoyib imkoniyat. Hamma guvohiga aylandi, bugun ularning harakatlari yomon ko‘rinmadi. Raqib darvozasini ishg‘ol qilish uchun imkoniyatlar ham yaratildi. Lekin bu futbol! Futbolda hushtakdan hushtakkacha mas’uliyatli bo‘lib to‘p surish kerak. Afsuski, o‘yin oxirida o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik.

Yaxshi tomoni shuki, kim nimaga qodirligini bugungi uchrashuvda kuzatib oldik. Bu bizga chempionat davomida yoshlardan kimlarga e’tibor qaratishimiz kerakligini ko‘rsatdi. Guruhdan chiqish uchun hali imkoniyat bor. Durang ham natija hisoblanadi. Barcha yigitlarga rahmat. Ular borlarini berib harakat qilishdi.

So‘zim so‘ngida bizni oxirigacha qo‘llab turishgani uchun muxlislarimizga katta rahmat aytmoqchiman», — dedi Baqoyev.

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 23:58, 12.04.2023.
O'qildi: 1414 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик