Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Rashidjon G‘ofurov: “Bizga kimning gol urishi emas, g‘alaba qozonish muhim”

Rashidjon G‘ofurov: “Bizga kimning gol urishi emas, g‘alaba qozonish muhim”

Baho:
+ | -

Pro-liganing 5-turidan o‘rin olgan “Navbahor-farm” – “G‘ijduvon” (4:0) uchrashuvidan so‘ng, namanganliklar ustozi Rashidjon G‘ofurov OAV xodimlarining savollariga javob berdi. U odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Uchrashuv kutilganidek, qizg‘in va shiddatli kurashlar ostida kechdi. Oldin ham ta’kidlaganimdek, jamoaga faqatgina g‘alaba yetishmayotgandi, xolos. Bugungi o‘yinda ham maqsadimiz, birinchi bo‘lib gol urish edi hamda buni uddaladik. Kiritilgan to‘pdan ruhlangan yigitlar esa ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Ikkinchi bo‘limda maydonga yangi kuchlarni tushirdik va ular o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlab, o‘yinni kuchaytirishga muvaffaq bo‘lishdi. Bundan juda xursandman.

- Shu paytgacha jamoaga zafar quchish uchun sizning zaxira o‘rindig‘ida bo‘lmaganligingiz ham ta’sir qilganmidi?

- Yo‘q, men bunday fikrda emasman. Boisi, jamoamiz murabbiylar shtabidan mahoratli mutaxassislar o‘rin olishgan. Aytganimdek, bizga bittagina g‘alaba yetishmayotgan edi, xolos. O‘tgan turda “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi kechgan o‘yindagi natija g‘alabaga teng durang bo‘ldi. O‘sha o‘yindan ruhlangan shogirdlarim mana bugun zafar quchishga muvaffaq bo‘lishdi. Endi Pro ligada ham o‘z o‘rnimiz borligini keyingi bahslarda ham isbotlashga intilamiz.

- G‘alabali odim keyingi o‘yinlarda ham davom etadi, degan umiddamiz...

- Albatta, har bir o‘yinda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushib, kerakli ochkolarni jamg‘arishga harakat qilamiz.

- Joriy mavsumda “Navbahor”ning oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?

- Maqsadimiz, bitta, ya’ni, “Navbahor”ning asosiy tarkibiga mahoratli futbolchilarni yetkazib berish. Jamoamizning oldiga chempion bo‘lish yoki beshlikka kirish vazifasi qo‘yilmagan. Shunday bo‘lsada, kerakli ochkolarni yig‘ishga intilamiz. Boisi, mag‘lubiyatga uchrayotgan emas, balki, g‘alaba qozonayotgan jamoa o‘yinchilari ko‘proq ko‘zga ko‘rinadi. Ushbu omillarni ham inobatga olamiz, albatta.

- Bugungi o‘yinda zaxiradan maydonga tushirilgan futbolchilar o‘zlarini namoyish etishdi. Ibrohim G‘anixonov esa o‘z imkoniyati darajasida o‘ynay olmadi. Bunga qanday izoh berasiz?

- Ta’kidlash joizki, Ibrohim G‘anixonov nominal hujumchi emas. U o‘ng va chap qanotlarda o‘ynaydigan yarim himoyachi. Uning biroz toliqqanligini hisobga olib,qanotlarga yangi kuchlarni tushirib, uni oldinga chiziqqa o‘tkazdik. Jamoamizda 25 nafar futbolchi bor va Xudoga shukr, zaxira o‘rindig‘idan ham ancha mahoratli futbolchilar o‘rin olishgan. Kimdir jarohat olsa yoki diskvalifikasiyaga uchrasa, safimizda ularning o‘rinlarini bosa oladigan o‘yinchilar bor. Shuning uchun qo‘rqmay, ularni asosiy tarkib futbolchilari, deya olaman. Chunki ularning barchasi o‘z o‘rniga ega. Masalan, Shohruh Mahmudhojiyev hozircha gol urmagan bo‘lsada, raqib himoyachilariga tashvish tug‘dira oladi. Bundan esa jamoadoshlari samarali foydalanishmoqda. Bizga kimning gol urishi emas, g‘alaba qozonish muhim. Husayn Ergashboyev bugun maydonga tushib, “dubl”ga erishdi. Maydonda ko‘p yoki oz o‘ynagan emas, balki, o‘zining vazifasini sidqidildan bajargan futbolchilar professional hisoblanishadi.

Kiritildi: 11:55, 13.04.2023.
O'qildi: 948 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.