Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Gennadiy Kochnev: “Navbahor-farm” menga juda yoqdi”

Gennadiy Kochnev: “Navbahor-farm” menga juda yoqdi”

Baho:
+ | -

Pro-liganing 5-turidan o‘rin olgan “Navbahor-farm” – “G‘ijduvon” (4:0) uchrashuvidan so‘ng, mehmonlar ustozi Gennadiy Kochnev jurnalistlarning savollariga javob berdi. U odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Futbolchimiz maydondan chetlatilganidan so‘ng, o‘yin biz uchun salbiy tus oldi. Zaxiradan maydonga tushirilgan futbolchilardan faqatgina bir nafari o‘yinga kirishib keta oldi, xolos. Qolgan to‘rt nafari esa o‘z imkoniyatlari darajasida o‘ynay olishmadi. Ayniqsa, uchrashuv yakuni biz uchun dahshatli tus oldi. Qizil kartochkaga qadar, yigitlar yaxshi o‘yin namoyish etib, hattoki, hisobni tenglashtirish imkoniyatiga ham ega bo‘lishgandi. Lekin vaziyatlardan foydalana olishmadi.

“Navbahor-farm”ni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Jamoa tarkibida yaxshi, yosh futbolchilar bor. Mezbonlar tarkibida zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinda burilish yasay olishdi.

- Ammo har ikki jamoa a’zolari maydonda 10 nafar bo‘lib qolishdi...

- Men maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldik, demayapman. Balki, futbolchimiz maydondan chetlatilganidan so‘ng, o‘z o‘yinimizni topa olmaganligimiz, bu jamoamiz o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatganligini ta’kidlamoqchiman, xolos. Zaxiradan maydonga tushirilgan yigitlarning o‘yinni kuchaytirishlarini kutgandim. Ammo...

- Joriy mavsumda “G‘ijduvon”ning odiga qanday vazifa qo‘yilgan?

- Jamoa 28 fevralda to‘planganligi bois, yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun oz vaqt qolgandi. O‘yindan – o‘yinga kuchayib borishni niyat qilgandik. Ammo hozircha buni uddalay olmayapmiz hamda bu qiyinchilik tug‘diryapti.

– Raqib jamoa borasida nima deya olasiz?

- “Navbahor-farm” doimo menga yoqqan. Birinchi ligada “Neftgazmontaj”da faoliyat yuritganimda, “Navbahor-farm”ga qarshi ikki marta o‘yin o‘tkazganman. Yaxshi, uyushqoq, qiziqarli jamoa. O‘tgan turda Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan bahsda namanganliklarning o‘yinlarini kuzatdim. “Navbahor-farm”ning ayniqsa, 1-bo‘limdagi o‘yini menda juda yaxshi taassurot qoldirdi.

Shuningdek, yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida qishda bugungi raqibimiz bilan nazorat bahsi o‘tkazgandik. Jamoadagi yigitlar ko‘p yillardan buyon birga o‘ynashadi va ularda uyushqoqlik bor.“Navbahor-farm” uchun barcha sharoitlar yaratilgan va jiddiy ish olib borilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, “Navbahor-farm” menga juda yoqdi.

Kiritildi: 12:08, 13.04.2023.
O'qildi: 1081 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.