Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Shunchaki samarasiz hafta yoki legionerlarimizda nima gaplar?

Shunchaki samarasiz hafta yoki legionerlarimizda nima gaplar?

Baho:
+ | -

Turkiya. Otabek Shukurovning jamoasi - «Fotih Qoragyumryuk» Superliga 28-turida «Fenerbaxche»ni qabul qilib, alamli tarzda yutqazdi - 1:2.

 Har holda, Andrea Pirlo shogirdlari birinchi bo‘limdan so‘ng hisobda oldinda edilar. Biroq «Fener» tanaffusdan so‘ng hujumni kuchaytirib, yakunda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi. O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi bu o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshladi va maydonda 85 daqiqa harakatlandi.

Saudiya Arabistoni. «Al-Nacr» mamlakat chempionati 23-turida «Al-Feyha» mehmoni bo‘lib qimmatli 2 ochkodan mahrum bo‘ldi - 0:0. Krishtianu Ronaldu  to‘liq vaqt o‘ynagan bahsda Jaloliddin Masharipov atigi 86-daqiqada maydonga tushdi. «Al-Nacr» ushbu natijadan keyin turnir jadvalida 2-pog‘onaga surildi. Jamoa peshqadam - «Al-Hilol»dan 3 ochko orqada. Ma’lumot uchun, «Al-Nasr» bundan oldingi turda «Al-Adala»ni 5:0 hisobida yenggan va Ronaldu qatorasiga 3ta o‘yinda «dubl»ga erishgandi. Portugaliyalik yulduz bunday seriyani oxirgi marta 2018 yili qayd etganini qo‘shimcha qilish joiz.

Italiya. «A» seriya 28-turidan o‘rin olgan «Spesiya» - «Salernitana» bahsida hisobni tenglashtirish asnosida (1:1) liga rasmiy sahifasida Show murodov yozuvi paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan Eldor Shomurodov «Fiorentina»ga qarshi keyingi bahsda ham qahramonga aylanishi hech gap emasdi. Biroq Florensiyadagi uchrashuvning 77-daqiqasida maydonga tushgan terma jamoamiz sardori yakunda o‘ta qulay imkoniyat (darvozabon bilan birga-bir vaziyat)dan foydalanolmadi. Muhimi, 1:1 hisobini qayd etgan «Spesiya» o‘ta qimmatli ochko egasiga aylandi.

Qozog‘iston. «Ordabasi» QPL 5-turida «Aktobe»ni qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qochdi - 1:1. Shimkent klubidagi legionerlarimizga kelsak, Shahboz Umarov 62, Bobur Abduxoliqov esa 85-daqiqagacha to‘p surdi. «Tobol» esa Igor Sergeev 63-daqiqada maydonga tushmagan bahsda «Astana»ga imkoniyatni boy berdi - 0:1.

Belarus. Oliy liga 3-turi doirasidagi «Energetik-BGU» - «Naftan» (0:1) o‘yinida mezbon jamoa himoyachisi Abduqodir Husanov doimgidek to‘liq 90 daqiqa faol to‘p surdi. «Talabalar» safidagi yana bir hamyurtimiz Amirbek Baqoyev esa safga 77-daqiqada qo‘shildi. Shahzod Ubaydullayev jamoasi - «Shaxtyor» bu turda dam oldi.

BAA. Birlashgan Arab Amirliklari chempionati 22-turidan o‘rin olgan «Al-Ahli» - «Al-Bateh» o‘yini 3:0 hisobida yakunladi. Dubay klubi yarim himoyachisi Aziz G‘aniyev ushbu g‘alabaga to‘liq vaqt davomidagi faol harakati bilan hissa qo‘shdi.

Rossiya. «Torpedo» RPL 22-turida nihoyat g‘alaba qozondi. Moskva klubidagi hamyurtimiz Hojimat Erkinov 2:0 hisobida yakunlangan «Fakel»ga qarshi bahsda ham ko‘rinish bergani yo‘q. Muhimi, u jarohatdan keyin umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi. Bu haqda futbolchining o‘zi «Torpedo»ning «Teleg­ram» kanalida ma’lumot berdi. «Men haqida qayg‘urmang. Nihoyat, tiklandim va hozir umumiy guruh mashg‘ulotidaman», - dedi 21 yoshli legionerimiz. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushgan bahs­da «Pari NN» mezbon - «Krasnodar»ga aytarli qarshilik ko‘rsatolmadi - 1:3.

«Alaniya» Rossiya Birinchi divizioni (MFL) 26-turida «Veles» maydonidan g‘alaba (2:1) bilan qaytdi. Vladikavkaz jamoasi hujumchisi Husayn Norchayev mazkur uchrashuvda 80 daqiqa to‘p surdi. «SKA Xabarovsk» - «Nefteximik» uchrashuvi (0:0)da esa mehmon jamoa yarim himoyachisi Vagiz Galiulin 90 daqiqa harakatlandi va sariq kartochka oldi. «Volgar» - «Rubin» o‘yinini Qozon jamoasi vakillari Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliyev boshlang‘ich tarkibda boshlashdi. Biroq har ikkisi o‘yin davomida o‘z o‘rnini zaxira vakiliga bo‘shatib berdi - tegishlicha 68 va 77-daqiqalarda. Nmtijaga kelsak, hisob ochilmadi.

Manba: iff.uz
Kiritildi: 17:00, 13.04.2023.
O'qildi: 1209 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.