Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

IBA’ga qarshi kurash davom etadi. AQSH va Buyuk Britaniya alohida boks tashkiloti tashkil qilmoqchi

IBA’ga qarshi kurash davom etadi. AQSH va Buyuk Britaniya alohida boks tashkiloti tashkil qilmoqchi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro boks assosiasiyasining (IBA) g‘arb mamlakatlari bilan munosabatlari tobora keskinlashib boryapti.

AQSH va Buyuk Britaniya IBA tarkibidan chiqib, alohida tashkilot yaratishni reja qilmoqda, deya xabar qilmoqda Inside the Games.

AQSH va Buyuk Britaniyaning boykotiga bir nechta Yevropa mamlakatlari qo‘shilishga tayyor. Ular World Boxing tashkilotiga asos solmoqchi. Tomonlar 13 aprel kuni ushbu masala bo‘yicha onlayn brifing o‘tkazadi.

IBA esa Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga (XOQ) ariza yuborgan va Parij—2024 Olimpiadasi uchun yo‘llanma berishi kutilayotgan Yevropa o‘yinlarini lisenzion musobaqa maqomidan mahrum etishni so‘ragan.

IBA Rossiya va Belarus bokschilari Yevropa o‘yinlari musobaqasidan chetlatilganini bunga sabab sifatida ko‘rsatgan.

Yevropa o‘yinlari 21 iyundan 2 iyulga qadar Polshada bo‘lib o‘tadi. Undagi boks musobaqasida Parij—2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar o‘ynaladi.

Avvalroq AQSH, Shvesiya, Irlandiya, Chexiya va Kanada boks federasiyalari Hindiston (ayollar o‘rtasida) va O‘zbekistonda (erkaklar o‘rtasida) bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha Jahon shempionatiga boykot e’lon qilgani xabar qilingandi. Keyinchalik Ukraina va Norvegiya ham ularga qo‘shilgan. Bunga sabab sifatida federasiyalar Rossiya va Belarus bokschilariga musobaqalarda o‘z bayrog‘i ostida harakat qilishga ruxsat berilganini qayd etgandi.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik Umar Kremlyov 2020 yilning dekabridan buyon IBA’ni boshqarib kelmoqda. Bungacha u Rossiya boks federasiyasi bosh kotibi lavozimida ishlagan. U lavozimga tayinlangan paytda IBA’ning qarzlari 20 million dollarni tashkil qilgan. 2021 yilning may oyida Kreml barcha qarzlarning to‘liq qaytarilishini e’lon qilgan. 2022 yilda Kremlyov IBA prezidentligiga qayta saylandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:35, 13.04.2023.
O'qildi: 1507 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик