Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy 1-3 Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya 2-0 Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR 0-1 O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin 1-1 Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston 2-3 Eron
19/11 21:00 Ummon 0-1 Iroq
19/11 21:00 BAA 5-0 Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya
20/11 01:00 Boliviya - Paragvay
20/11 04:00 Kolumbiya - Ekvador
20/11 05:00 Argentina - Peru
20/11 05:00 Chili - Venesuela
20/11 05:45 Braziliya - Urugvay

Eriksen va Kazemiro maydonda bo‘lganida "MYU" fantastik natija qayd etmoqda

Eriksen va Kazemiro maydonda bo‘lganida "MYU" fantastik natija qayd etmoqda

Baho:
+ | -

Kristian Eriksen va Kazemiro joriy mavsumda "Manchester Yunayted"ning yaxshi tomonga o‘zgarishida muhim o‘rin tutdi. Ular o‘yinni birga boshlaganida, jamoa asosan g‘alabaga erishgan. Erik ten Xag jamoaga kelganida, eng birinchi qilishi kerak bo‘lgan ish bu yarim himoyaning tuzilishini o‘zgartirish edi. Negaki, bu pozisiyada so‘nggi mavsumda harakat qilgan Skott Maktominey hamda Fred klubni 6 o‘rinni olishiga sababchilardan biri sifatida qaraladi. Shu tufayli vaziyat o‘zgarishi talab etilgan. Ten Xag aql bilan ish tutdi va jahon futbolida eng yaxshilardan hisoblangan ikki nomni yarim himoyaga qo‘ydi.

Shulardan biri Eriksen sanaladi. U 2021-22 yilni "Brentford" bilan o‘tkazdi. London jamoasi daniyalikni o‘nglanib olishida katta yordam bergandi. Bu jarayon o‘z navbatida Eriksenni "MYU" tomonidan taklif qilinishida muhim rol o‘ynadi. 32 yoshli futbolchi joriy mavsum startini yaxshi o‘tkazdi. Ammo to‘pig‘idan olgan jiddiy jarohati, Eriksenni mavsumning katta qismida maydonga tushishdan mosuvo qildi. Jarohatdan oldin Eriksen maydon markazida Kazemiro bilan yaxshi hamkorlikni yo‘lga qo‘ygandi. Sobiq "Real" yulduzini esa nimalarga qodirligidan xabaringiz bor. U 60 million funt evaziga jamoaga jalb etiladi.

Mavsum avvalida Kazemiro yangi klubga moslashishga biroz qiynaldi. U asosiy tarkibda maydonga tushishni boshlashi bilan, yarim himoyadagi ishlarni yaxshiladi. Braziliyalik futbolchining ta’siri butun jamoadagi standartlarni ko‘tarilishiga olib keldi. Kazemiro asosiy tarkibda maydonga tushganida, faqat 2 ta liga o‘yini mag‘lubiyat bilan tugagan xolos. Brunu Fernandesh ortida katta hajmdagi ishni bajargan Kazemiro va Eriksen juftligi to‘p bilan va to‘psiz qanday harakat qilishni yaxshi biladi. Xususan, Kazemiro har bir o‘yinda o‘rtacha 3.1 marta muvaffqiyatli to‘p olib qo‘yishni amalga oshirgan. Bu esa "MYU"dagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Eriksen bunday vaziyatda o‘zini yaxshi his qiladi. U har bir o‘yinda o‘rtacha 1.3 ta imkoniyat yaratgan holda, 50 ta aniq uzatmani ijro etdi.

Har ikki futbolchi ham ayni damda qaytishga yaqin turibdi. Bu haqida Erik ten Xag fikr bildirib o‘tdi. U shunday deydi: "Jamoamiz uchun kerakli bo‘lgan ikki futbolchi yana qaytmoqda. Yarim himoyada muammolarimiz ko‘p edi. Ushbu muammolar mavsum davomida bizni qiynab keldi. Yechim topish esa qiyin kechayotgandi. Ba’zida o‘rinbosar topishda muammolarga duch kelamiz. Qabul qilgan qarorlaringiz to‘g‘ri bo‘lib chiqmaydi. Shunday paytda, ishongan futbolchilarimizning qaytishi bizni kuchaytiradi. Mavsumning hal qiluvchi pallasidamiz. Imkon qadar sovrin yutishga harakat qilamiz".

Quyida Kazemiro va Eriksenning birgalikdagi o‘yinlarida "MYU"ning natijalari qanday bo‘lganini bilib olasiz.

APL
O‘yinlar: 10 ta
G‘alabalar: 7 ta
Duranglar: 2 ta
Mag‘lubiyatlar: 1 ta

O‘rtacha ochko to‘plash: 2.3
G‘alaba ko‘rsatkichi: 70%
Mag‘lubiyat ko‘rsatkichi: 10%

Gollar: 17 ta
O‘rtacha gol urish: 1.7 ta
O‘tkazilgan gollar: 8 ta
O‘tkazilgan o‘rtacha gollar: 0.8

Yevropa ligasi
O‘yinlar: 4 ta
G‘alabalar: 3 ta
Duranglar: 0 ta
Mag‘lubiyatlar: 1 ta

O‘rtacha ochko to‘plash: 2.25
G‘alaba ko‘rsatkichi: 75%
Mag‘lubiyat ko‘rsatkichi: 25 %

Gollar: 7 ta
O‘rtacha gol urish: 1.75 ta
O‘rtacha gol o‘tkazish: 0.75 ta

Kubok bahslari
O‘yinlar: 4 ta
G‘alabalar: 4 ta
Duranglar: 0 ta
Mag‘lubiyatlar: 0 ta

O‘rtacha ochko to‘plash: 3
G‘alaba ko‘rsatkichi: 100%
Mag‘lubiyat ko‘rsatkichi: 0%

Gollar: 11 ta
O‘rtacha gol urish: 2.75 ta
O‘rtacha gol o‘tkazish: 0.5 ta

Umumiy
O‘yinlar: 18 ta
G‘alabalar: 14 ta
Duranglar: 2 ta
Mag‘lubiyatlar: 2 ta

O‘rtacha ochko to‘plash: 2.44
G‘alaba ko‘rsatkichi: 77.7%
Mag‘lubiyat ko‘rsatkichi: 11.1%

Gollar: 35 ta
O‘tkazilgan gollar: 13 ta
O‘rtacha gol urish: 1.94 ta
O‘rtacha gol o‘tkazish: 0.72 ta.

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 12:57, 14.04.2023.
O'qildi: 2239 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.