"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz Lisandro Martinesning jarohati haqida fikr bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi Yevropa ligasi 1/4 finali doirasida "Sevilya"ga qarshi birinchi o‘yinda jarohat olgan edi. Bu o‘yin kecha, 13 aprel kuni bo‘lib o‘tgan va 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan.
"Bu "Manchester Yunayted" uchun katta yo‘qotish. U haqiqiy xarakter va yetakchilik fazilatlarini, kuch va ishonchlilikni namoyon etdi", - dedi Skoulz "Manchester Yunayted" matbuot xizmatiga.
Joriy mavsumda 25 yoshli Martines "qizil iblislar" safida 45 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan.