Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

Solishtiramiz: Virjil van Deyk va Nemanya Vidich. Kim yaxshiroq?

Solishtiramiz: Virjil van Deyk va Nemanya Vidich. Kim yaxshiroq?

Baho:
+ | -

Agarda hozir ham Vidich faoliyatini davom ettirayotganda edi, bu kabi solishtirishga ehtiyoj bo‘lmasdi. Negaki, javob aniq bo‘lardi. Sobiq "MYU" himoyachisi yillar davomida o‘zini faqat yaxshi tomondan namoyish etgan. Ammo "Liverpul"ning 4 raqami haqida ham shunday so‘zlarni ishlatish mumkin. Keling, unda bu ikki futbolchini bir nechta aspektlar asosida taqqoslab ko‘ramiz.

Himoyalanish

Futbolda himoyalanish san’ati faqatgina to‘pni tepib yuborishdan iborat emas. Himoyachi ham hamma kabi boshqa unsurlarni ham o‘zida jo etgan bo‘lishi kerak. 2020 yilda "Liverpul" Angliya chempioni bo‘ladi. O‘shanda van Deyk katta ishni bajargan. Ammo u mavsum davomida "Manchester Siti" hujumchisi David Silvadan kamroq to‘p olib qo‘yishni amalga oshirgandi. Shunga qaramay, van Deyk o‘yinga boshqa yo‘llar bilan ta’sir etgan.
Sobiq hujumchi Robin van Persi Vidich borasida shunday deydi: "Agarda Nemanya haqida futbolchi sifatida gapiradigan bo‘lsam, uning himoyaviy harakati haqida bir narsa aytaman: Vidich o‘z boshini ayrim futbolchilar oyog‘ini qo‘yishga qo‘rqadigan joylarga qo‘ya olardi". Vidich van Deykka nisbatan hujum va himoyani birdek ma’qul ko‘radigan futbolchi edi. U Rio Ferdinand bilan ajoyib juftlik hosil qilgan. Shu sababli bu kategoriyada serbiyalik futbolchi g‘olibdir.

Uzatmalar amalga oshirish

Ferdinand Vidichni shunday deb ta’riflaydi: "U sizga tabassum bilan to‘p bilan ham yaxshi harakat qila olishini aytadi. Bu esa uni mukammal himoyachiga aylantiradi". Vidich faqatgina himoyada emas, balki maydon markazida ham yaxshi harakat qilgan.
Virjil van Deykni yaxshi bilasiz. U to‘p bilan harakatlanishda ustasi farang. Yurgen Klopp jamoasida shunday ham bo‘lishi kerak. Muxlislar van Deykning hal qiluvchi va hujumlarni o‘zgartirib yubora oladigan uzatmalariga ko‘p guvoh bo‘lgan. Ayniqsa, niderlandiyalik futbolchi amalga oshirgan diagonal passlar ko‘p hollarda raqiblar mudofaasini shoshib qolishiga olib keladi. Misol tariqasida, van Deyk ijro etgan 2019 yilgi YECHLning chorak finalidagi uzatma Sadio Mane tomon aniq va raso yetib borgan. Bu esa uni Vidichdan ustun qo‘yadi.

Tezlik

Tezlik hech qachon Vidichning ustun tomoni bo‘lmagan. Serbiyalik asosan Fergyuson jamoasida chuqurroq himoyalanish pallasida asqotardi. Shu sababdan Vidich yuqoriga ko‘tarilib himoyalanadigan jamoada o‘ynay olmagan. Klopp esa o‘z shogirdlaridan aynan shuni talab qiladi. Fakt o‘laroq aytish kerakki, Virjil van Deyk 2018-19 yilgi mavsumda tezlik borasida Kilian Mbappe, Leroy Sane va Kayl Uokerlardan yaxshiroq natijaga ega bo‘lgan (34.5 km/soat). Shu tufayli bu borada ham niderlandiyalik futbolchi ustun sanaladi.

Qo‘rqinch solish

Maykl Karrik Vidichni "o‘lim dahshatiga soluvchi markaziy himoyachi" deya tasvirlaydi. Ammo undan ham qo‘rqinchliroq himoyachi sifatida van Deykni aytsak bo‘ladi. Masalan, o‘tgan mavsumda "Liverpul" "Inter" bilan to‘qnash keladi. O‘shanda raqib hujumchisi Lautaro Martines van Deyk bilan birga-bir qolgan vaziyatda undan o‘tib ketolmaydi. Negaki, oldindagi raqib qo‘rquvga sabab bo‘lgandi. Garchand bu yo‘nalishda ham van Deyk g‘olib bo‘lsada, Vidichni butunlay qo‘rqinchli bo‘lmagan deya olmaymiz.

Xulosa

Umumiy olganda, Virjil van Deyk g‘olib deb topildi. Ammo bu xulosani hujumchi Troy Dinining niderlandiyalik himoyachi haqida aytgan gapi bilan isbotlashga urinib ko‘ramiz. U shunday degan: "U juda katta, juda kuchli, juda tez, to‘p bilan juda yaxshi muomala qiladi, jangni sevadi. Soch turmagi ham o‘ziga xos. U bilan qarama-qarshi kelishni istamagan bo‘lardim".
Shuni ham aytish kerakki, Vidich va van Deyk faqatgina himoyachilar emas. Ular o‘ta talantli va maydonning katta qismida uzoq vaqt erkin harakat qilgan futbolchilardir.

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 08:22, 15.04.2023.
O'qildi: 2414 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.