Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Superliga. «Metallurg» – OKMK. Prevyu

Superliga. «Metallurg» – OKMK. Prevyu

Baho:
+ | -

Liganing eng murosasiz derbilardan biri sanaluvchi «Metallurg» – OKMK qarama qarshiligida kichik ustunlik bekobodliklar tomonida: 30 uchrashuv, 14 g‘alaba, 3 ta durang, 13 mag‘lubiyat. To‘plir farqida esa olmaliqlar bitta to‘pga oldinda – 50:49.

Mazkur jamoalarning Bekobodda kechgan o‘yinlari tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak, shimolliklar o‘z maydonlarida raqiblariga deyarli imkoniyat berishmagan. Ma’danchilar o‘z maydonlaridagi 15 bahsning 12 tasida g‘alaba qozonishgan. 2 ta o‘yinda mehmonlarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, yana bitta uchrashuvda kuchlar teng kelgan.

O‘zaro uchrashuvlarda eng ko‘p to‘p kiritgan o‘yinchilar Zohid Abdullayev («Metallurg», 7 ta gol) va Mo‘ydin Mamazulimov (OKMK, 5 ta gol). Yana bir fakt: ayni paytda «Metallurg» sharafini himoya etayotgan Vladislav Kasminin OKMK safida bekobodliklar darvozasiga 2 ta gol kiritgan (2017—18 yillar).

Bekobodda bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv natijasi:

04.03.2022 Metallurg – AGMK – 1:0
21.10.2021 Metallurg – AGMK – 0:1
12.09.2020 Metallurg – AGMK – 1:0
27.07.2019 Metallurg – AGMK – 2:1
10.05.2018 Metallurg – AGMK – 0:1

OKMK haqida

Toshkent viloyatining OKMK jamoasiga 2004 yilda asos solingan. OTMK nomi bilan mamlakat birinchiligida qatnashib kelgan jamoa 2008 yilda O‘zbekiston futbol federasiyasining qaroriga binoan oliy liga a’zosiga aylandi. O‘tgan yillar davomida konchilar kuchlilar safida 422 ta o‘yin o‘tkazishdi. Shulardan 162 tasida g‘alaba qozongan. 91 o‘yinda raqiblar bilan ochkoni bo‘lib olgan. 169 ta uchrashuvda esa imkoniyatni boy bergan. OKMK mazkur uchrashuvlarda raqiblari darvozasiga 592 ta to‘p kiritgani holda o‘z darvozasidan 584 ta gol o‘tkazib yuborgan. OKMKning kuchlilar safidagi eng yirik g‘alabasi – 7:1 («Qo‘qon 1912», 2019), Eng yirik hisobdagi mag‘lubiyati esa – 0:6 («Paxtakor», 2020).

OKMK mamlakat chempionatlarida 2 marta bronza medaliga sazovor bo‘lgan (2020, 2021 yillar). 2018 yilda esa O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan. Ikki mavsum OFK kuboklarida (2019, 2021) mamlakatimiz sharafini himoya qilgan.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 08:28, 15.04.2023.
O'qildi: 900 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.