Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Bundesliga. “Bavariya” o‘z maydonida ochko yo‘qotdi, “Borussiya D” so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Bundesliga. “Bavariya” o‘z maydonida ochko yo‘qotdi, “Borussiya D” so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

Germaniya Bundesligasining 28-turidan o‘rin olgan qator o‘yinlar 15 aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Peshqadam “Bavariya” o‘z maydonida “Hoffenhaym”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 17-daqiqasida Benjamin Pavar hisobni ochdi. 71-daqiqada esa “Hoffenhaym” futbolchisi Andrey Kramarich muvozanatni tikladi. O‘yin ushbu hisob bilan yakunlandi.

Ushbu durangdan so‘ng “Bavariya”ning ochkolari 59 taga yetdi va 1-o‘rinni saqlab qoldi. “Hoffenhaym” esa 29 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

“Borussiya D” esa safarda “Shtutgart” bilan bahs olib bordi. Uchrashuv jangovar 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Dortmund klubi 26-daqiqada Sebastyan Aller, 33-daqiqada Dolen Malenning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandi. 39-daqiqada “Shtutgart” futbolchisi Konstantinos Mavropanos ikkinchi sariq kartochkasini olib maydondan chetlatildi.

Biroq ikkinchi bo‘limning 78-daqiqasida Tanguy Kulibali, 84-daqiqasida esa Josha Vagnomanning gollari bilan “Shtutgart” hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi. 90+2-daqiqada Dortmundliklar a’zosi Jovanni Reyna gol urdi. Zaxiradan o‘yinga  qo‘shilgan Silas Mvumpa 90+7-daqiqada mezbonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga muallif bo‘ldi.

Ushbu durangdan so‘ng “Borussiya D”ning ochkolari 57 taga yetdi va klub 2-o‘rinni egallab turibdi. “Shtutgart” esa 24 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.

Bundesliga, 28-tur bahslari
15 aprel, shanba
“Bavariya” – “Hoffenhaym” 1:1
Gollar: 1:0 – 17 Pavar, 1:1 — 71 Kramarich.
“Bavariya”: Zommer, Pavar, Upamekano, de Ligt, Joau Kanselu (Gravenberx, 80), Goretska (Musiala, 60), Kimmix, Myuller, Koman (Devis, 60), Sane (Tel, 60), Gnabri.
“Hoffenhaym”: Baumann, Kaderjabek, Bruks, Akpoguma, Kabak (N’Soki, 62), Anxelinyo, Gayger (Rudi, 90), Shtiller (Beker, 62), Baumgartner (Dolberg, 83), Kramarich, Bebu (Bishof, 90).
Ogohlantirishlar: Pavar (57), Upamekano (72), Akpoguma (82).

“Shtutgart” – “Borussiya D” 3:3
Gollar: 0:1 – 26 Aller, 0:2 — 33 Malen, 0:2 — 33 Malen, 1:2 — 78 Tanguy Kulibali, 2:2 — 84 Vagnoman, 2:3 — 90+2 Reyna, 3:3 — 90+7 Mvumpa.
“Shtutgart”: Bredlov, Vagnoman, Anton, Zagadu, Mavropanos, Sosa, Karazor, Endo, Fyurix (Mvumpa, 62), Miyo (Tanguy Kulibali, 74), Girassi (Tomas, 74).
“Borussiya D”: Kobel, Ryuyerson, Xummels (Sumaila Kulibali, 46), Djan, Gerreyru, Brandt (Roys, 63), Ozjan, Bellinghem, Malen (Bayno-Gittens, 69), Aller (Mukoko, 63), Adeyemi (Reyna, 82).
Ogohlantirishlar: Mavropanos (35), Endo (35), Bellinghem (57), Roys (71), Reyna (86), Mvumpa (90+8).
Chetlatish: Mavropanos (39).

“Leypsig” – “Augsburg” 3:2
Gollar: 0:1 – 05 Mayer, 1:1 — 10 Kampl, 2:1 — 32 Verner, 3:1 — 35 Verner, 3:2 — 82 Vargas.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:53, 15.04.2023.
O'qildi: 1298 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.